(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

 

   Bo`lim boshlig`i: Hayotov Anvar Xusanovich

   E-mail: sunshine_83@mail.ru

 

 

    

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiya faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 515-sonli qarorining 14 bandiga asosan Respublikadagi barcha oliy ta`lim muassasalari tarkibida ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limlari tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2017 yil 1 dekabrdagi 626-U-sonli buyrug`i bilan universitet tarkibida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi tashkil etildi.

Bo‘limning asosiy maqsadi

Universitet talabalari bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitet ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo`yicha ta`lim sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko`rishdan iborat.

Bo`limning asosiy vazifalari:

Ø

ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta`lim standartlari (DTS), malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o`quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan ta`minlanganligi hamda o`zaro muvofiqligini tahlil etish;

universitetda ta`lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o`quv-uslubiy materiallar bilan ta`minlanganlik darajasini o`rganish;talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o`rganish; talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo`shimcha ravishda nazorat ishlarini o`tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o`zlashtirish ko`rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta`lim sifatiga ta`sir ko`rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;universitet dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;Har bir fan bo`yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va universitet rektoriga ma`lumotlar berib borish;talabalar davomati va professor-o`qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;baholash natijalari bo`yicha tahliliy ma`lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan universitet kengashida hamda rektor yig`ilishida hisobotlar berib borish;bitiruvchilarning bilim darajasini o`rganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;tashkiliy-huquqiy va metodik ko`rsatmalar asosida ta`lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;universitetni ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta`lim sifatiga ta`sir etuvchi omillar to`g`risidagi ma`lumotlarni universitet rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;ta`lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan universitet rektoriga takliflar berish;ta`lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo`lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o`tkazish, tahliliy ma`lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;universitet professor-o`qituvchilari tayanch ma`lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni universitet rektoriga ma`lum qilish;ta`lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;universitetda talabalar amaliyotining ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;universitet reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va ta`lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda ishtirok etish;universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta`lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o`qituvchi va kadrlar iste`molchilari o`rtasida ijtimoiy so`rovlar o`tkazish;universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta`lim sifatini o`rganish maqsadida professor-o`qituvchilar va kadrlar iste`molchilari o`rtasida o`tkaziladigan ijtimoiy so`rovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o`qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;respublika va xorijiy davlatlardagi ta`lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o`rganib borish va ularni ta`lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;universitet reytingini xalqaro darajaga ko`tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta`lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta`minlashda faol ishtirok etish;universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan hamda o`quv seminarlari va treninglarni o`tkazish;universitetda ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo`yilgan vazifalar doirasida seminar mashg`ulotlarini muntazam ravishda o`tkazib borish;o`quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g`oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;universitet Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo`lim tomonidan ta`lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o`rganish va monitoring natijalari to`g`risida ma`lumotlar berib borish; ta`lim sifati holatini o`rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.

 

    Bosh mutaxassis: Babajanov Rustam Yuldashovich

    E-mail: rustambabajanov84@mail.ru

 

 

 

 

   Bosh mutaxassis: Xaitov Abror Uralovich

   E-mail: abrorhaitov@mail.ru

 

 

 

 

   Bosh mutaxassis: Rashidov Azizbek Ulug`bekovich

   E-mail: furion80@mail.ru

 

 

 

 

    Bosh mutaxassis: Muradov Farxat Muxmudjanovich

   E-mail: farhodmuradov861@gmail.com