(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

 

     Bo`lim boshlig`i: Toshturdiev Shuxrat Xurram o`g`li

     Email: shuhrat.toshturdiev@bk.ru

 

 

 

 

 

    Uslubchi: Mamatova Muqaddas Karimberdi qizi

    Email: mamatovam@mail.ru

 

 

 

 

 

Xalqaro hamkorlik bo`limining maqsadi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o`qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg`or tajribani o`rganish va o`quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta`minlaydi.

Xalqaro hamkorlik boʼlimi universitetning xorijiy oliy ta`lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish, eng so`nggi o`quv va ilmiy tajribalarni o`rganish va ularni ta`limga tadbiq etish, universitetning professor - o`qituvchi xodimlarini, talabalarni dunyoning nufuzli ta`lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo`limdir. Bu esa o`z navbatida ta`lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bo`lim universitetda Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o`quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

Xalqaro aloqalar bo`limining vazifalari:

•Universitetga tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va hamkor vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

•Universitet bilan xorijiy oliy o`quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari oʼrtasida oʼrnatilayotgan hamkorlik shartnoma, memorandum, bayonnoma, mahorat darslarini kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish;

•Ta`limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish;

•Universitet ilmiy tadqiqotchilari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari, professor-o`qituvchi xodimlari, talabalari uchun taʼlim grantlari va ilmiy tadqiqotlari uchun fond mablag`larini olish uchun tanlovda ishtirok etishlariga ko`mak berish va ularni muvofiqlashtirish;

•Universitet professor-o`qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilari, mustaqil izlanuvchilarni, katta ilmiy xodimlarni chet el xizmat safarlariga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda koʼmak berish va muvofiqlashtirish;

•Universitet professor-o`qituvchilari va mustaqil izlanuvchilarni, katta ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi”, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va boshqa Xalqaro tashkilot va ta`lim fondlari tanlovlariga tavsiya etish;

•O`zbekistonda akkreditatsiyadan o`tgan diplomatik korpus vakillari bilan munosabatlarni o`rnatish va rivojlantirish.

Xalqaro aloqalarning ustuvor yo`nalishlari:

•Taʼlim jarayoniga yangi xorijiy pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish;

•Xorijning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik o`rnatishni yo`lga qo`yish;

•Xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;

•Xorijiy OTMlardan yo`nalishlar bo`yicha mutaxassislarni ma`ruza o`qish, treninglar va mahorat darslari uchun taklif qilish;

•Imzolangan shartnomalar doirasida turli muddatli xorijiy safarlar tashkil etish;

•Xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va forumlar tashkil qilish;

•O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan elchixona va konsullik vakolatxonalari bilan ta`lim sohasida do`stona aloqalar o`rnatish va boshqalar.

 

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti quyidagi xorijiy OTMlar bilan xalqaro xamkorlikni yo`lga qo`ygan;

 

 

Belorus

Belorus davlat jismoniy tarbiya universiteti

http://www.sportedu.by/


 

Yaponiya

Yaponiya sport va ilm fan universiteti

https://www.nittai.ac.jp/eng/


 

Xitoy

Xitoy poytaxt jismoniy tarbiya sport universiteti

http://cupes.admissions.cn/

Shanxay sport universiteti

http://eng.sus.edu.cn/

Pekin sport universiteti

https://en.bsu.edu.cn/


 

Janubiy Koreya

Dankook universiteti

http://www.dankook.ac.kr/web/kor


 

Moldova

Moldova davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

http://usefs.md/en/


 

Armaniston

Armaniston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti

http://www.asipc.am/


 

Ukraina

Sum davlat universiteti

https://sumdu.edu.ua/int/en/

 

Rossiya

P.F.Lesgaft nomidagi milliy davlat jismoniy tarbiya, sport, salomatlik universiteti

http://www.lesgaft.spb.ru/

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, yoshlar va turizm universiteti

https://www.sportedu.ru/

Uzoq Sharq davlat jismoniy tarbiya akademiyasi

http://www.dvgafk.com/

M.K.Аmmosova nomidagi shimoliy-sharqiy federal universiteti

https://www.s-vfu.ru/

Povoljьe davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm akademiyasi

https://www.sportacadem.ru/

Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti

http://www.uralgufk.ru/

Sibir davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

https://sibsport.ru/


 

Qirg`iziston

Qirg`iz davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi

http://ksapcs.kg/


 

Qozog`iston

Xoji-Аxmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk universiteti

http://ayu.edu.kz/


 

Qozog`iston

Qozoq sport va turiz akademiyasi

http://kazast.kz/