(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Magistratura

Magistratura aniq mutaxassislik bо‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga kо‘ra ta’lim yо‘nalishining aniq mutaxassisligi bо‘yicha magistr akademik darajasi tо‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Tegishli mutaxassisliklar bо‘yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyutrmachilarning takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan oliy ta’lim muassasasalarida amalga oshiriladi.

Magistr:

Tanlangan mutaxassislik bо‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatini yuritish;

Tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bо‘yicha oliy ta’limdan keyin aspiranturada tahsil olish;

kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qо‘shimcha kasb ta’limini olish uchun tayyorlanadi.

 Magistr о‘zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyati va ilmiy pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:

– ilmiy-pedagogik;

– ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek, bakalavriat ta’lim yо‘nalishiga mos boshqa mutaxasisliklari bо‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin.

Magistr kasb faoliyatining asosiy sohalari quyidagilar kiradi:

– ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalari;

– davlat va nodavlat oliy, о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalari;

– magistr akademik darajasini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyatlar.

Magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:

– fan, texnika va madaniyatning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;

– oliy ta’lim muassasalarining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;

– kutubxonadan, axborot resurslari, о‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining nizomida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

– ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;

– о‘z ishlarini nashrga taqdim qilish;

– oliy ta’lim muassasasi mamuriyatining qarorlari ustidan shikoyat qilish;

– talabalar uchun belgilangan tartib va miqdorda stipendiya, shuningdek Davlat stipendiyalari hamda о‘qishga yо‘llangan yurudik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish.

Magistratura talabalarining majburiyatlari:

– oliy ta’limning ta’lim dasturlari va о‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;

– о‘quv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarish;

– oliy ta’lim muassasasining Nizomi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishdir.

Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talaba:

– Ilmiy (yoki ilmiy-nazariy, ilmiy-ijodiy) izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni kо‘ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yо‘llarini о‘rganish;

– о‘quv tadqiqot davomida olingan axborotlarni matn yoki tasvirlar (chizma, rasm) shaklida mujassamlantira olishi;

– tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash;

– soha bо‘yicha yechilayotgan ilmiy (ijodiy) texnik masala holatini tahlil qilish;

– ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qо‘yilgan masalani yechish uslublarini kо‘rib chiqish va eng samaraligini aniqlashi;

– eng samarali muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berishi;

– eng samarali muqobil yechimning patentga loyiqligi va patent sofligini tadqiq qilish;

– ilmiy-texnik masala yechimininig natijalari bо‘yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qо‘llash imkoniyatlarini aniqlash lozim.