DUSHANBA - JUMA
15:00 - 17:00
Bo`lim boshlig`i: Shopulatov Abdimalik Nurullayevich
E-mail: matonat07@mail.ru
UMUMIY MA`LUMOTLAR
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi “O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 331-son Qarori asosida qaytadan tashkil qilingan.Bo`limning asosiy maqsadi: universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, ilmiy maktablar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini rivojlantirish. Jismoniy tarbiya va sport sohasining dolzarb masalalari bo`yicha ilmiy seminarlar, konferensiyalarni tashkil qilish.
BO`LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:
Universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi yuzasidan umumiy nazorat olib borish;tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati bo`yicha doimiy monitoring yuritish;tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali jismoniy tarbiya va sportda ilmiy-tadqiqot jarayonlarini rivojlantirish, olingan natijalardan ta`lim jarayonida foydalanish ishlariga ko`maklashish;tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish hamda nazorat qilish;ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkazishni rejalashtirish va mazkur anjumanlarda pedagog xodimlar, tayanch doktoran, doktorant va mustaqil izlanuvchilar va talaba yoshlarning maqolalari bilan ishtirok etishini ta`minlash;universitet professor-o`qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini nazorat qilish.
Ilmiy ishlar bo`yicha muhandis: Karimova Nargiza
E-mail: nargiza_khorazm@mail.ru