(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Raxmanov Eldor Tolibjonovich

tel: + 99894 678-83-23

E-mail: oquvbolim@uzdjtsu.uz

O`quv uslubiy bo`limi

O'quv-uslubiy bo'lim O'zbekiston davlat sport  universitetining  o'quv va o'quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tuzilma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa me'yoriy hujjatlariga, universitet Nizomiga  muvofiq o`z faoliyatini amalga oshiradi.

Maqsad va vazifalari:

Ta’lim jarayonini ilg`or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tarkibiy tuzilmalari faoliyati va o`quv jarayonini tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida o’z faoliyatini amalga oshirish; Universitetda o’quv jarayonining uslubiy asoslarini shakllantirish va uni amalda tatbiq etilishini tashkil qilish; Universitet fakultet va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish; O’quv jarayonini boshqarishga oid me’yoriy - uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirib borish; Universitet professor-o’qituvchilari va talabalarning o’quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish; Fakultet va bo’lim uslubchilari uchun o’quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda uslubiy yordam ko’rsatish; Universitetning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda yangi ilmiy pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni qo’llashni o’quv jarayoniga tatbiq qilish.

Bo’limning vazifalari:

Universitetda o’quv jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat olib borish; Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv va o’quv-uslubiy ishlarda erishgan ilg`or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tatbiq qilish; Universitet fakultetlari va magistraturada talabalar bilimini baholashning reyting tizimiga oid joriy, oraliq, yakuniy nazoratlari tashkil etilishini nazorat qilish, tahliliy o’rganish va umumlashtirib borish; Akademik ma’lumotnomalar, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi va boshqa belgilangan o’quv hujjatlarning qo’yilgan talablar asosida rasmiylashtirilishini nazoratga olish; Universitet kafedralarida shtatlar jadvalini tuzish uchun harakatdagi me’yorlar asosida hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; Soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; Universitet fakultet va kafedralarini o’quv va o’quv-uslubiy masalalar bo’yicha faoliyatini o’rganish; Auditoriya fondi holati bo’yicha nazorat olib borish, auditoriyalar holatini yaxshilash bo’yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish; Universitet fakultetlari va kafedralariga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko’rsatish; Universitet kafedralariga o’quv-uslubiy axborotlarni izlash bo’yicha va yangi o’quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlashda hamda nashr etishda tashkiliy yordam ko’rsatish.