(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

 

    Bo`lim boshlig`i: Mamanov Jamoliddin Abduraximovich

    E-mail: mamanovj@mail.ru

 

 

    

 

 

Bo`limning asosiy maqsadi  

Jamiyatda yuksak ma`naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimizga, milliy an`analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog`lom, jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan barkamol, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga targ`ib eta oladigan shaxslarni shakllantirish bo`lim faoliyati maqsadining asosini tashkil etadi.

 

Bo`limning asosiy vazifalari:

Talabalar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma`naviy merosi asosida ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, imon-e`tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tamonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi;"Ta`lim to`g`risidagi" Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, Prezident farmonlari, asarlari, nutqlari, Hukumatimiz qarorlari, O`zbekistan Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qarorlari, buyruq va ko`rsatmalari, ta`lim-tarbiya boshqaruvi organlari me`yoriy hujjatlari talablari asosida o`z ishini amalga oshiradi;bo`lim universitetda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda guruh murabbiylarining salohiyati va qiziqishlari, topshiriqlarni qay darajada bajara olishlarini hisobga oladi;talabalarda Vatanga muhabbat, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat hissini tarbiyalaydi;ma`naviy, aqliy, jismoniy barkamol, iqtisodiy, huquqiy savodxon, mehnatsevar, iste`dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash, “Oila, mahalla, universitet” konsepsiyasini hayotga tadbiq etish ruhida tarbiyalaydi;yoshlarimiz ongiga ona-Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg`ularini singdirib boradi;qadimiy tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma`rifiy maskanlarga, muzey, teatr va ko‘rgazmalarga sayohatlar uyushtiradi;boshqa ta`lim-tarbiya maskanlarining ish tajribasini o`rganadi;Universitet Kengashi, Ma`naviyat va ma`rifat Kengashlariga qo`yilgan masalalarni muhokama qiladi, ularning qarorlarini amalga oshiradi;tarbiyaviy ishlarga barcha professor-o`qituvchilar jamoasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi b.t. va boshqa tashkilotlar, talabalar, murabbiylar, mahalla va ota-onalarni jalb qiladi, ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;universitetda talabalarning bo`sh vaqtlarini unumli tashkil etish va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida ularni ilmiy, ijodiy, jurnalistika va kasb-hunar to`garaklari hamda sport seksiyalariga jalb qiladi hamda muntazam ravishda nazorat qilib boradi;xalqimizning yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarining jamiyatimiz madaniyati va ma`naviyatining rivojlanishiga ta`siri, ularning dunyoviy, huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etishda tutgan o`rni va rolini o`rganadi hamda talaba-yoshlarni tarbiyalashda amaliyotda ularning mohiyatini ochib beradi;respublika aholisi e`tiqod qiladigan barcha dinlarning ma`rifiy tarixiy va ilmiy asoslari to`g`risida alohida chuqur bilimlarni dunyo dinlarining ijobiy xususiyatlari orqali shakllantiradi;talabalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish orqali turli zararli g`oyalar ta`siriga berilmaslik, ekstremizm va diniy aqidaparastlikning har qanday shakllari, reaksion mohiyatini keng tushuntirish, giyohvandlik, axloqsizlikillatlaridan xoli bo`lish muhitini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uni hayotga tadbiq etadi;respublikamizda yashab turgan millat va elatlar o`rtasida do`stlik va totuvlik siyosati asoslarini targ`ib qiladi va ularni mustahkamlash maqsadida keng tushuntirish ishlarini olib boradi;ta`lim-tarbiyaning talabalar qobiliyati va iste`dodining har tomonlama namoyon bo`lishiga qaratilganligini ta`minlovchi jarayonni tashkil etadi, uning mazmunini tubdan yangilab boradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor ahamiyatini ta`minlash, shaxs va atrof-muhit munosabatlarini uyg`unlashtirish, talabalarning dunyoqarashi, yuksak ma`naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurni shakllantirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilaydi;ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda Vatan va o`z xalqi uchun faxrlanish, uning qadimiy tarixiga hurmat bilan qarash, obod va farovon hayot qurish uchun dahldor va javobgarlik tuyg`ularini tarbiyalashga yo`naltirilgan keng ko`lamli faoliyatini amalga oshiradi;talabalar jamoasini shakllanishida, ularda insoniylik va mas`uliyat hissini tarbiyalashda demokratlashtirishning chuqurlashuviga tegishli sharoitni vujudga keltirib, ish yuritadi;ilmiy, ijodiy, jurnalistika, kasb-hunar to`garaklar va sport seksiyalari rahbarlari bilan ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarni yaqin hamkorlikda olib boradi;universitet Ma`naviyat va ma`rifat kengashida muhokama etiladigan masalalarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadi, ularning ijrosini ta`minlaydi;akademik guruh murabbiylarining siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirishga yo`naltirilgan faoliyatni tashkil etadi va ijrosini amalga oshiradi; mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari: Mustaqillik, Konstitutsiya, Xotira va Qadrlash kuni, Navro`z, O`qituvchi va murabbiylar kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Vatan himoyachilar kuni, Bitiruvchilar kechasikabian`anaviy bayramlarning tashkiliy va tarbiyaviy jihatidan yuqori saviyada o`tishini ta`minlaydi;universitet Аxborot resurs markazi tomonidan amalga oshiriladigan ma`naviy-ma`rifiy ishlarni muvofiqlashtirish va o`tkazishga yaqindan yordam beradi, rahbarlik qiladi;talabalarning o`z-o`zini boshqarishiga sharoit yaratadi, qobiliyatli va iste`dodlilariga alohida e`tibor qaratadi, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko`maklashadi;akademik guruh murabbiylari haftaning muayyan bir kunida mamlakatimiz va jahondagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma`naviy sohalardagi yirik o`zgarishlar haqida “Аxborot soati”ni yuqori saviyada o`tishini ta`minlaydi;bo`lim boshlig`i yoki Yoshlar bilash ishlash bo`yicha prorektor yil davomida ikki marotaba (birinchi va ikkinchi yarim yillikda) Universitet Kengashida hisobot beradi.

 

     

     Uslubchi: Xo`janiyozov Boboxon Ixtiyorovich

     E-mail: boboxon85@mail.ru

 

 

 

    

    Uslubchi: Nuriddinova Muyassar Muxiddinovna

    E-mail: muyassar@mail.ru

 

 

 

 

    

    Uslubchi: Raxmonova Kamola Shoirjonovna

    E-mail: kamolaxonraxmonova@mail.ru