(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

 

Axmedov Tolqin Xaydarovich

Tel: +99890 319-7708

E-mail: manitoring@uzdjtsu.uz

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta`minlash borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta`lim sohasidagi tegishli me`yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish ko`radi.

Bo`limning vazifalari:

-Respublikaning barcha korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning oliy o`quv yurtida tayyorlanadigan malakali kadrlarga bo`lgan extiyojini o`rganish asosida ta`lim xizmatlari bozorini shakllantirish va axborotli ma`lumotlar bazasini yaratish. 
-Universitetga qabul qilinadigan abituriyentlarning har yilgi miqdoriy ko`rsatkichlarini aniqlash va joriy yilning 15 yanvariga qadar Rektor tomonidan tasdiqlangan qabul rejasi loyihasini vazirlikka taqdim etish. Miqdoriy ko`rsatkichlar va yo`nalishlari nomenklaturasi mos sohalarining mutaxassislarga bo`lgan extiyoji asosida oily o`quv yurtining o`quv-meyoriy ko`rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 
-O`quv yilining tugallanishiga qadar institutda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislar uchun ishjoylarini aniqlash va belgilangan tartibda ish bilan taminlash. 
-Universitetning mos ta`lim yo`nalishlari bo`yicha korxonalar xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga bo`lgan ehtiyojini o`rganish hamda bu ishni tashkil etish bo`yicha taklif va mulohazalarni ishlab chiqish 
-Respublika fondlari bilan aloqani mustahkamlash, xalqaro fondlarning dastur va loyihalarida ishtirok etish, ular bilan birgalikda respublika ijtimoiy infrostrukturasi va iqtisodiyotining ustivor yo`nalishlari uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifatini oshirish muammolarini echish. 
-Xorijning ilg`or o`quv, ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan qo`shimcha shartnomalar tuzish va bajarish, shu jumladan, texnologik va tanishuv amaliyotlarini hamda stajirovkalarini tashkil qilish ishlarida qatnashish. 
-Oliy kasb ta`limining mos yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha talabalar amaliyotini o`tkazish uchun ilg`or korxona va muassasalarni aniqlash. 
-Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo`yicha kontraktlarni rasmiylashtirish hamda to`lov-kontrakt asosida o`qiyotgan talabalar bilan o`qish bo`yicha harajatlarni o`z vaqtida to`lash ishlarini o`tkazish. 
-Extiyojmandlar va jismoniy shaxslarni institut tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo`lib ta`lim xizmatlari spektri bilan ommoviy axborot vositalari orqali xabardor qilish, buyurtmachilarni jalb qilish maqsadida prospektlar tayyorlash va chiqarish.