(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari orasidagi yetakchi universitetlardan biridir. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayorlash milliy dasturiga muvofiq universitet jismoniy tarbiya  va sport sohasi uchun  yuqori malakali mutaxassislarni tayorlaydi. Universitetda 5 ta o’quv binosi, Axborot resurs markazi, Axborot texnologiyalar markazi, shuningdek, sport majmualari: manej, yozgi va qishki basseynlar, boks, taekvondo, badiiy va sport gimnastikasi, yengil va og’ir atletika zallari, tennis korti, nayza, disk, bosqon va yadro uloqtirish sektori, futbol stadioni, talabalar yotoqxonasi va oshxonalar mavjud.Universitet professor-o’qituvchilari tarkibi faoliyatining asosiy maqsadi talabalarga  yuksak darajada bilim berish, ularni ilmiy mazmun bilan boyetish va ijodkorlikka yo’naltirishdan iborat. Ta`lim sifatini oshirish universitet faoliyatining ustuvor jihatidir. Mazkur vazifa majmuali tarzda, eng avvalo, mustahkam asosga tayangan holda hal etilyaptiki, bu mamlakatimiz ta’lim sohasining ustuvor jihatidir. Universitetda “13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport trenirovkasi nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligidan Dss. 27.06.2017. Ped. 28.01. ilmiy daraja berish bơyicha Ilmiy kengash faoliyat  yuritadi.2019 yilda universitetda maxsus ilmiy-amaliy laboratoriya qurish rejalashtirilmoqda, uning asosiy maqsadi har xil sport turlari bo’yicha yuqori malakali sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayorlash hisoblanadi.Bugungi kunda universitetning 18 ta kafedrasida yuqori malakali mutaxassislar: 6 nafar fan doktori va 12 nafar professor, 48 nafar fan nomzodi va dosent, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan murabbiylar, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustalari va xalqaro toifadagi sport ustalari o’z bilimlari hamda boy tajribalarini talabalarga etkazyaptilar.Talabalar kontingenti 4700 nafarni tashkil etadi, bulardan kunduzgi bo’limda 3320 ta, magistraturada 62 ta, sirtqi bo’limda 1319 nafar talaba tahsil oladi. Hozirgi vaqtda universitetda kunduzgi doktoranturada 4 nafar, sirtqi shaklda esa 65 nafar doktorant ilmiy tadqiqot olib bormoqda.Bugungi kunda universitetda Olimpiada o’yinlari, jahon birinchiliklari chempionlari, shuningdek, turli xalqaro musobaqalarning sovrindor va g’oliblari ta'lim olishyapdi.Bitiruvchilarimiz oliy va o’rta maxsus ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, har xil sport turlari bo’yicha sport federasiyalari, bolalar va o’smirlar sport maktablari, respublikamizdagi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi, shuningdek, huquq-tartibot idoralarida muvaffaqiyatli faoliyat olib boriyaptilar.Davlatimiz rahbari ilgari surgan Beshta tashabbus doirasida Bo‘ka tumani markazida Madaniyat va ma’rifat ekoparki barpo etildi. Prezidentimiz ushbu istirohat bog‘iga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida amalga oshirilayotgan qurulish-taminlash ishlari to'g'risida ma'lumot