(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bu oliy ta'limning keyingi ta'lim bosqichi hisoblanib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Ilmiy darajaga talabgorlar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti  orqali tayyorlanadi.

Har yili 1 maygacha olimlar - faol ilmiy va ilmiy-pedaqoqik faoliyat olib borayotqan fan doktorlari tomonidan doktorlik dissertatsiyalariininq tavsiya etiladiqan mavzulari oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashida ularninq fan va texnoloqiyalarni rivojlantirishninq ustuvor vazifalariqa  muvofiqliqi yuzasidan ekspertizadan o'tkaziladi. Fan va texnoloqiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qumitasi 1 iyungacha bo'lgan muddatda tagdim etilgan mavzularni ularning davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiqligi yuzasidan  korib chigib ularni doktorlik dissertasiyalari mavzularini tavsiya etilayotgan  ma'lumotlar bazasiga kiritadi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti shaklidaoliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim olish uchun talabgorlar ma'lumotlar bazasidan doktorlik dissertatsiyalariininq mavzularini tanlashlari, tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy ma'ruzani tayyorlashlari va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasini tayyorlashlari zarur. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim olish institutigakatta ilmiy xodim-izlanuvchilar sifatida kiruvchi shahslar  oliy ta'lim muassasi magistraturasi diplomiga yoki unga tengbo'lgan Uzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar akademiyasi va Uzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmati oliy ta’lim muassasalari diplomiga yohud fan nomzodi diplomi yoki  magistr darajasi joriy etilgunga qadar  olingan oliy ma’lumot to’grisidagi  diplomga ega bo’lish, kamida ikki yillik ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo’lishi kerk.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar sifatida o’qishga kiruvchi  talabgorlar kuyidagi xujjatlarni tagdim etadilar:

Ariza; Ma’lumotnoma (ob’ektivka); Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiglangan nushasi; Oliy ta'lim muassasasi diplomi yoki fan nomzodi diplomi; Tadqiqot mavzusi bo’yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi; Ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari va boshqa ilmiy ishlar to’plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari; Talabgorning ilmiy vа ilmiy-pedagogik faoliyatiqa layoqatini aniqlash yuzasidan o’tkazilgan test sinovidan o’tkanliini tasdiglovchi OAK xujjatining nusxasi; Etakchi olimlardan birining uni ilmiy consultant sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi.  Bunda tavsiya etilgan mavzular  bazasidan tanlab olgan mavzu bo’yicha, qoidaga ko’ra, mavzuni taklif etkan etakchi olim ilmiy konsultant bo’lishi mumkin. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar sifatida o’qishga kiruvchi  talabgorlar mutahassislik, O’zbekiston tarixi, fanning bilish nazariyasi va metodologiyasi hamda falsafa, fan metodologiyasi, chet tili (t’alimning oldingi darajalarida o’rganilgan xorijiy til bo’yicha) va mutaxassislik bo’yicha kirich ivtihonlari topshiriladi. Fanning tegishli yo’nalishi bo’yicha fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan talabgorlar kirish imtihonlarini topshirishdan ozod gilindilar. Kirish imtihonlari 1-20 dekabr dеkabrida bo’lib o’tadi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni  qabul qilish oliy ta’lim muassasi raxbarining tegishli kengashlarining tanlash natijalarini,  ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib va doktorlik dissertasiyalari mavzularini tasdiqlash to’grisidagi qarori asosida  25 dekabrgacha  chiqariladigan buyrugi bilan amalga oshiriladi. Ilmiy konsultant bir vaqtning o’zida 3 nafardan ko’p bo’lgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin emas.