(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

UzDJTSU Kasaba uyushmasi 1993- yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning  tarkibiga  professor-o‘qituvchi va xodimlar kiradi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi har yilgi o‘z faoliyatini kasaba uyushmasining ish rejasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash bilan boshlaydi. Reja va smetaga asosan barcha tadbirlar va xarajatlar tasdiqlanadi.

Qo‘mitaning ish rejasida asosan quyidagi sohalar o‘z aksini topadi:

  • Ma’naviy va ma’rif ishlar.
  • Ijtimoiy himoya.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilari va xodimlarining farzandlari uchun turli tadbirlarni tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun-sport – sog‘lomlashtirish ishlari tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun sanatoriyalarga yo‘llanmalarni tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun yozgi dam olish uylariga yo‘llanmalarni tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlarining farzandalarining yozgi dam olishlarini tashkil etish.
  • UzDJTSU kasaba uyushmasining moliyaviy faoliyati.
  • Turli masalalar

UzDJTSU kasaba uyushmasi qo‘mitasi  UzDJTSU professor-o‘qituvchi va xodimlari sog‘lig‘ini tiklash maqsadida sanatoriyalarga yo‘llanmalar tashkil etadi. Yo‘llanma narxlarining 55% kasaba uyushmasining hisobidan va 45% xodim tomonidan qoplanadi. UzDJTSU professor-o‘qituvchi va xodimlari quyidagi sanatoriyalarda sog‘liqlarni tiklash uchun yo‘llanmalarga byurtmalar berishlari mumkin.