(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Universitet 28 mingga yaqin oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorladi. Universitet  aksariyat bitiruvchilari - o'qituvchilar, murabbiylar, tashkilotchilar, yo'riqchi va uslubchilar sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash ishlarida faol mehnat qilmoqdalar.

2017-yil 3-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayorlash sifatini tubdan oshirish, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘quv jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uyga va Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Chirchiq Sportchilar  ko‘chasi, 19-uy manziliga joylashtirildi.

Chirchiq shahar V.Haydarov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlari hamda istirohat bog‘i O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetiga berildi.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etilishi belgilandi.