(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Yoshlar bilan ishlar, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

NIZOMI

 

I. UMUMIY QOIDАLАR

1. " Yoshlar bilan ishlar, ma’naviyat va ma’rifat" bo’limi o’z faoliyatini O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta’lim to’g’risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyruq va me’yoriy hujjatlari talablari hamda universitetning amaldagi Nizomi asosida ish olib boradi.

2. Bo’lim bevosita uning umumiy faoliyatiga tegishli bo’lgan masalalarni yuqori tashkilotlar va universitet darajasida muhokama va hal etishda ishtirok etadi; bo’lim a’zolarining funktsional vazifalarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; bu bo’limga xodimlar olish, ishdan bo’shatish yoki yangi lavozimga tayinlash, ularni ma’naviy-moddiy pag’batlantirish va intizomiy choralar ko’rish to’g’risida universitet rahbariyatiga takliflar kiritadi.

3. Universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi universitet Kengashi tomonidan, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yillik rejalari universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

4. Bo’lim faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat bo’lim boshlig’i zimmasiga yuklatiladi. Bo’lim universitet miqyosida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning barcha turlarini rejalashtirish va amalga oshirishga oid vazifani ichiga qamrab oladi hamda ularni istiqbolli va yillik reja asosida bajaradi.

5. Bo’lim universitet jamoatchiligi bilan hamkorlikda talaba yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning ongida ona-Vataniga, xalqiga va uning bugungi bunyodkorlik ishiga hurmat bilan qapash ruhida tarbiyalashga rahbarlik qiladi.

II. BO’LIMNING АSOSIY MАQSАDI

Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimizga, milliy anьanalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog’lom, jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan barkamol, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga tapg’ib eta oladigan shaxslarni shakllantirish bo’lim faoliyati maqsadining asosini tashkil etadi.

III. BO’LIMNING АSOSIY VАZIFАLАRI:

- talabalar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, imon-e’tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tamonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi;

- "Ta’lim to’g’risidagi" Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, Prezident farmonlari, asarlari, nutqlari, Hukumatimiz qarorlari, O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qarorlari, buyruq va ko’rsatmalari, ta’lim-tarbiya boshqaruvi organlari me’yoriy hujjatlari talablari asosida o’z ishini amalga oshiradi;

-bo’lim universitetda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda guruh murabbiylarining salohiyati va qiziqishlari, topshiriqlarni qay darajada bajara olishlarini hisobga oladi;

-talabalarda Vatanga muhabbat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat hissini tarbiyalaydi;

-ma’naviy, aqliy, jismoniy barkamol, iqtisodiy, huquqiy savodxon, mehnatsevar, iste’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash, “Oila, mahalla, universitet” kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish ruhida tarbiyalaydi;

-yoshlarimiz ongiga ona-Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirib boradi;

-qadimiy tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifiy maskanlarga, muzey, teatr va ko’rgazmalarga sayohatlar uyushtiradi;

- boshqa ta’lim-tarbiya maskanlari ish tajribasini o’rganadi;

-Universitet Kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlariga qo’yilgan masalalarni muhokama qiladi, ularning qarorlarini amalga oshiradi;

- tarbiyaviy ishlarga barcha professor-o’qituvchilar jamoasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi b.t. va boshqa tashkilotlar, talabalar, murabbiylar, mahalla va ota-onalarni jalb qiladi, ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;

- universitetda talabalarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadida ularni ilmiy, ijodiy, jurnalistika va kasb-hunar to’garaklari hamda sport sektsiyalariga jalb qiladi hamda muntazam ravishda nazorat qilib boradi;

-           xalqimizning yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarining jamiyatimiz madaniyati va ma’naviyatining rivojlanishiga ta’siri, ularning dunyoviy, huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etishda tutgan o’rni va rolini o’rganadi hamda talaba-yoshlarni tarbiyalashda amaliyotda ularning mohiyatini ochib beradi;

-           respublika aholisi e’tiqod qiladigan barcha dinlarning ma’rifiy tarixiy va ilmiy asoslari to’g’risida alohida chuqur bilimlarni dunyo dinlarining ijobiy xususiyatlari orqali shakllantiradi;

-           talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish orqali turli zararli g’oyalar ta’siriga berilmaslik, ekstremizm va diniy aqidaparastlikning har qanday shakllari, reaktsion mohiyatini keng tushuntirish, giyohvandlik, axloqsizlik illatlaridan xoli bo’lish muhitini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uni hayotga tadbiq etadi;

-           respublikamizda yashab turgan millat va elatlar o’rtasida do’stlik va totuvlik siyosati asoslarini targ’ib qiladi va ularni mustahkamlash maqsadida keng tushuntirish ishlarini olib boradi;

-ta’lim-tarbiyaning talabalar qobiliyati va iste’dodining har tomonlama namoyon bo’lishiga qaratilganligini taьminlovchi jarayonni tashkil etadi, uning mazmunini tubdan yangilab boradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor ahamiyatini ta’minlash, shaxs va atrof-muhit munosabatlarini uyg’unlashtirish, talabalarning dunyoqarashi, yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilaydi;

-           ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda Vatan va o’z xalqi uchun faxrlanish, uning qadimiy tarixiga hurmat bilan qarash, obod va farovon hayot qurish uchun daxldor va javobgarlik tuyg’ularini tarbiyalashga yo’naltirilgan keng ko’lamli faoliyatini amalga oshiradi;

-           talabalar jamoasini shakllanishida, ularda insoniylik va mas’uliyat hissini tarbiyalashda demokratlashtirishning chuqurlashuviga tegishli sharoitni vujudga keltirib, ish yuritadi;

- ilmiy, ijodiy, jurnalistika, kasb-hunar to’garaklar va sport sektsiyalari rahbarlari bilan maьnaviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni yaqin hamkorlikda olib boradi;

- universitet Ma’naviyat va ma’rifat kengashida muhokama etiladigan masalalarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadi, ularning ijrosini ta’minlaydi;

- akademik guruh murabbiylarining siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etadi va ijrosini amalga oshiradi; 

- mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari: Mustaqillik, Konstitutsiya, Xotira va Qadrlash kuni, Navro’z, O’qituvchi va murabbiylar kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Vatan himoyachilar kuni, Bitiruvchilar kechasi kabi an’anaviy bayramlarning tashkiliy va tarbiyaviy jihatidan yuqori saviyada o’tishini ta’minlaydi;

- universitet Аxborot resurs markazi tomonidan amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish va o’tkazishga yaqindan yordam beradi, rahbarlik qiladi;

- talabalarning o’z-o’zini boshqarishiga sharoit yaratadi, qobiliyatli va iste’dodlilariga alohida e’tibor qaratadi, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashadi;

 - akademik guruh murabbiylari haftaning muayyan bir kunida mamlakatimiz va jahondagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalardagi yirik o’zgarishlar haqida “Аxborot soati”ni yuqori saviyada o’tishini ta’minlaydi;

 - bo’lim boshlig’i yoki Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor yil davomida ikki marotaba (birinchi va ikkinchi yarim yillikda) Universitet Kengashiida hisobot beradi.

IV. BO’LIM BOShLIG’INING HUQUQLАRI:

- Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog’liq ravishda professor-o’qituvchilarga tegishli ko’rsatma berish;

- xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda talabalar bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish va yangi ilmiy va sport to’garaklarini ochish masalalari bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritish;     

-           guruh murabbiylari va professor-o’qituvchilarining ta’lim-tarbiya ishlari bo’yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, ularni taqdirlash uchun rahbariyatga taklif kiritish;

-           guruh murabbiylari o’z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki uni suiiste’mol qilganligi uchun rahbariyat bilan kelishgan holda intizomiy jazo qo’llaydi.

V. RАHBАRIYaT BILАN QUYIDАGI IShLАRNI АMАLGА OShIRАDI:

- guruh murabbiylari va kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini rahbariyat bilan hamkorlikda tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat kilish;

-           universitetda o’tkaziladigan sport musobaqalari va turli xildagi to’garaklar ishlari rejasini rahbariyat bilan kelishgan holda tasdiqlash va uni amalga oshirish;

-           iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasini dekanat, kafedralar bilan hamkorlikda ishlab chiqish hamda uning ijrosini doimiy ravishda nazorat qilish;

-           Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarish, ularning yashash sharoitlari bilan muntazam tanishib borish va bu haqida rahbariyatga doimiy ravishda ma’lumot berish;

-           kafedralar ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejasini va uning bajarilishini nazorat qilib borish, professor-o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuklamasida ko’zlangan vazifalar bajarilishi monitoringini olib borish.

VI. BO’LIM BOShLIG’I IShINI REJАLАShTIRISh VА TАShKIL QILISh

Bo’lim boshlig’i bo’limning reja asosida ishlashini tashkil etadi va uning bajarilishini nazorat qiladi. Talabalarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri taqsimlash bo’yicha o’tkaziladigan barcha tadbirlarni muntazam ko’rib baholaydi.

Bo’lim ish rejasi universitetning rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Ishni rejalashtirishda universitet joylashgan shahar, tumanning shart-sharoiti, an’analari, xususiyatlarini joylardagi ijodiy birlashmalar, ilmiy markazlar bilan o’zaro foydali aloqalar o’rnatish kabi ishlar inobatga olinadi.