(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

BITURUVChI QАSАMYODI

Men  (F.I.Sh.)__________________________________

Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan yagona oliy dargohni tugatar ekanman, olgan bilim va malakam bilan Prezidentim, xalqim, ota-onam, ustoz-murabbiylar hamda do’stlarim oldida yurtimizdagi islohatlarga beminnat hissa qo’shishga, mamlakatimiz obro’-e’tibori va shon-shuhratini yuksaltirishga tantanali ravishda qasamyod qilaman. (Bir marta)

Yosh mutaxassis sifatida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, mustahkam dunyoqarashi, mustaqil fikriga ega bo’lgan jismonan va ma’nan sog’lom farzandlarni tarbiyalashga qasamyod qilaman. (Bir marotaba)

Vatanim hududi, xonadonlarimiz xotirjamligiga tahdid qiluvchi har qanday kuchlarga qarshi turishga, muqaddas Vatan taqdiri bilan o’z taqdirimni bog’lashga, butun faoliyatimni shu yurt kelajagiga bahshida etishga qasamyod qilaman. (Bir marotaba)

Yurtimiz nufuzi va sha’nini dunyo sport arenalarida munosib himoya qila oladigan sportchi yoshlarni tarbiyalashga butun kuch-quvvatimni sarflashga, mustaqil O’zbekistonga sodiq farzand bo’lishga tantanali ravishda qasamyod qilaman. (Uch marotaba)

 

Universitet logatip