(370) 717-17-76
UZBEK STATE UNIVERSITY OF PHYSICAL CULTURE AND SPORT

Bo'limlar

UzDJTSU Kasaba uyushmasi 1993- yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning  tarkibiga  professor-o‘qituvchi va xodimlar kiradi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi har yilgi o‘z faoliyatini kasaba uyushmasining ish rejasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash bilan boshlaydi. Reja va smetaga asosan barcha tadbirlar va xarajatlar tasdiqlanadi.

Qo‘mitaning ish rejasida asosan quyidagi sohalar o‘z aksini topadi:

  • Ma’naviy va ma’rif ishlar.
  • Ijtimoiy himoya.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilari va xodimlarining farzandlari uchun turli tadbirlarni tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun-sport – sog‘lomlashtirish ishlari tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun sanatoriyalarga yo‘llanmalarni tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun yozgi dam olish uylariga yo‘llanmalarni tashkil etish.
  • UzDJTSU professor-o‘qituvchilar va xodimlarining farzandalarining yozgi dam olishlarini tashkil etish.
  • UzDJTSU kasaba uyushmasining moliyaviy faoliyati.
  • Turli masalalar

UzDJTSU kasaba uyushmasi qo‘mitasi  UzDJTSU professor-o‘qituvchi va xodimlari sog‘lig‘ini tiklash maqsadida sanatoriyalarga yo‘llanmalar tashkil etadi. Yo‘llanma narxlarining 55% kasaba uyushmasining hisobidan va 45% xodim tomonidan qoplanadi. UzDJTSU professor-o‘qituvchi va xodimlari quyidagi sanatoriyalarda sog‘liqlarni tiklash uchun yo‘llanmalarga byurtmalar berishlari mumkin.

Bo'lim haqida
1. Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqil O‘zbekistonning vatanparvar fuqarolari etib shakllantirish, ularda milliy g‘urur, Vatan va millat oldidagi fuqarolik, farzandlik burchi va vazifalarini bajarishga tayyorlash; 
2. Talabalarda kasb-hunarni egallashda mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, ularda, fuqaro sifatida o‘z burchlarini halol bajarish tuyg’ularini uyg’otish va takomillashtirish; 
3. Oilaparvarlik mas’uliyatini, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y, el-yurt oldidagi burch tuyg‘usini shakllantirish; 
4. Talaba-yoshlarni jamiyat taraqqiyotiga tahdid soladigan har qanday ekstremistik oqimlarga nisbatan mustahkam immunitetni shakllantirish; 
5. Talabani erkin, mustaqil shaxs sifatida o‘z xaq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan inson sifatida shakllantirish.

Tadbirlar
1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlariga bag‘ishlangan tadbirlar; 
2. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” asosida o‘tkaziladigan tadbirlar; 
3. Tarixiy sanalar va bayramlarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlar; 
4. Axloqiy tarbiya va urf-odatlar negizida umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash, vatanga muhabbat, uni ardoqlash tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar; 
5. Giyohvandlikka qarshi kurashga oid tadbirlar; 
6. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga oid tadbirlar; 
7. Huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar; 
8. Ijarada yashovchi talabalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar; 
9. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan tadbirlar; 
10. Talabalar turar joylarida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar; 
11. Huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar; 
12. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid tadbirlar; 
13. Ekologiya va salomatlikka oid tadbirlar; 
14. Inson salomatligi va jismoniy tarbiya sohasida talabalar bilan olib boriladigan tadbirlardanfoydalaniladi. 
Institutda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» asosida talabalar bilan olib borilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining yil sayin sifati, samaradorligi va ta’sirchanligi oshib bormoqda. Bu ko‘rsatkich asosida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari hamda usullari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Bunga, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida institutning barcha talabalarini qamrab olish, guruh murabbiylarining talabalar bilan olib borayotgan ishlarini yanada faollashtirish va har bir talaba bilan individual ish olib borish natijasida erishilmoqda. Shuningdek, institutkafedralarida 30 dan ortiq to‘garaklar faoliyat olib bormoqda va ularda 600 dan ortiq talaba-yoshlar o’z bilimlarini boyitmoqda.O‘quvyilidavomidaoyning 1-haftasi PSTF, 2-haftasi TSTF, 3-haftasi MTF,4-haftasi ESTDF fakultetlarida “Ma’naviyatkunlari” o‘tkaziladi. Institut talaba-yoshlarini respublikamizda va dunyoda bo‘layotgan xabarlar bilan guruh murabbiylari “Axborotsoatlari”da tanishtirib boradi. Buning ahamiyati juda katta bo‘lib, u talabalarda jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Universitet  talaba-yoshlari o‘rtasida turli xil ko‘rik-tanlovlar: jumladan, “ Universitet malikasi”, “Talabalar teatr studiyasi”,“Tafakkur sinovlari”, “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar bahori” kabi ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi. Universitetimizda taniqli shoir, yozuvchi, davlat arboblari, huquqshunos va boshqalar bilan turli mavzularda uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ma’lumki, ta’lim tizimida xalqimizning boy ma’naviy va intellektual meros va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash masalasi muhim ahamiyatga ega. Chunki biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosiga tayanmay, uni yanada rivojlantirmay turib, o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi.

Bo’lim haqida

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo’riqnomalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Institut Nizomi, yo’riqnomalari va tegishli ko’rsatmalari asosida ish olib boradi. Institut mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo’riqnomalarga amal qiladi, o’rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi. Institut rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega bo’lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o’qituvchilar, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi. Kadrlar bo’limining professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash inspektorlari bevosita kadrlar bo’limi boshlig’i topshirig’i va ko’rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo’riqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bo’lim boshlig’i nazorat qiladi.

Bo’lim vazifalari

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan maqsadlarga erishish va uni tatbiq etish uchun unumdor va samarali mehnat kilishni tashkil etadi. Kadrlarni joy-joyiga qo’yish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi. Institut shtat jadvalini moliya-reja bo’limi bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo’shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o’tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi. Professor-o’qituvchi va xodimlarini institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat qilish, ularni rag’batlantirish, moddiy yordam ko’rsatish, intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan buyryq tayyorlaydi. Harbiy xizmatga majbur bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi o’smirlarning hisobini tegishli bo’lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning shaxsiy ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnoma (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga shaxsiy guvohnoma, ma’lumotnoma berishni o’z vaqtida muddatini uzaytirilishini nazorat etadi. Mehnat daftarchasi va akademik ma`lumotnoma blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi. Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga o’z vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi. Kasallik varaqalarini rasmiylashtiradi. Universitetdagi professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning va talabalarning belgilangan shaklda stastistik hisobotlarini olib boradi. Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo’limiga kvotali joylar va vakant joylar (bo’sh ish o’rni) bo’yicha ma’lumot beradi.

. Qabul to'g'risida umumiy ma'lumot

  • Hujjatlar qabul qilish muddati: 2018 yil 1 iyuldan 30 iyulga qadar
  • Qabul komissiyasi ish tartibi: Dushanba - Shanba (9:00-18:00)
  • Qabul komissiyasi telefonlari: (+99871) 238-65-99

2. Abituriyentlar tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etadigan hujjatlar to'plami:

  • Mutaxassislik nomi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi rektor nomiga ariza;
  • Oliy ma`lumot to’g’risidagi hujjat va uning ilovasi asli;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • papka (skorosshivatel) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.

3. Qabul jarayoniga oid ma'lumotlar

  • 2018/2019 o'quv yilida mutaxassisliklar bo'yicha qabul kvotasi

4. Magistraturaga kirish uchun imtihon savollar ro’yxati

Bo'lim haqida

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining reja-moliya bo‘limi institut iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo‘lim hisoblanib, institutga tushgan pul mablag‘lari tushumi va xarajatlarining amalga oshirilishini tasdiqlangan smetalarga asosan monitoring qiladi.

Faoliyat
- budjet, budjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yil boshida joriy yil uchun tayyorlangan institut shtatlar jadvallarini institut rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish;
- budjet, budjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yillik smetalarni o‘z vaqtida tayyorlab, institut rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish; 
- institut hududidagi bo‘sh joylarni ijaraga berish bo‘yicha ijarachilar bilan yil boshida shartnoma tuzib, ijara va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish; 
- kafedralar bo‘yicha tasdiqlangan yuklamalardan kelib chiqqan holda normativga asosan shtat sonini belgilab, shtatlarga professor-o‘qituvchilarni rasmiylashtirilishini ta'minlash; 
- bandlikka ko‘maklashish markaziga institut bo‘yicha vakant lavozimlar to‘g‘risidagi hisobotni har oyning 25-sanasigacha topshirish; 
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan oylik maoshlar oshirilganda, institut xodim va professor-o‘qituvchilar oylik maoshlarini qaytadan hisoblab buyruq asosida doimiy tasdiqdan o‘tkazish; 
- servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha har oyning oxirida Vazirlikga hisobot berish; 
- talabalar to‘g‘risidagi institut buyruqlarini doimiy ravishda qayd qilib borish; 
- talabalar kontingenti xarakati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jadvallarga asosan to‘ldirib tegishli bo‘limlarga yetkazib berish; 
- har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha institut buxgalteriyasiga talabalar kontingenti bo‘yicha hisobotni taqdim etish; 
- yilning 5-noyabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga statistik hisobotning 4-ta'lim shaklini topshirish; 
- xodimlar va professor-o‘qituvchilar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish; 
- har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha institut buxgalteriyasiga xodimlar va professor–o‘qituvchilar keldi-ketdisi(stavka) bo‘yicha hisobotni taqdim etish; 
- shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini topshirish; 
- shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotning 1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha topshirish; 
- yilning 15-dekabr sanasigachashahar statistika boshqarmasiga hisobotning 1-NX shaklini topshirish; 
- institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xodim va professor o‘qituvchilarning elektr energiya, gaz, sovuq suv, issiqlik energiyasi uchun kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘laganliklari to‘g‘risidagi ma'lumotnomalarni yig‘ish; 
- yuqori tashkilotlardan kelgan xat va modemlarning bo‘limga tegishli bandlariga doimiy javob berish.

Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Interaktiv
xizmatlar
8 ta murojaat kelib tushdi
25 ta murojaat ko'rib chiqildi
3 ta murojaat ko'rilish jarayonida
Elektron
qabulxona
Axborot ta'lim
portali
Uzsport.uz
So’rov
Interaktiv xizmatlarga baho bering