(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYА VA SPORT UNIVERSITETI

  “YOSh OLIMLAR KENGASHI”NING NIZOMI

 

I. Umumiy qoidalar

1. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Yosh olimlar kengashi” yosh olimlarning jamoat tashkiloti bo’lib, ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shug’ullanuvchi yoshlarni birlashtirib universitet yoshlarini ilmiy-tadqiqot  faoliyatiga tizimli asosda yo’naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targ’ib qilishda ko’maklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

2. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Yosh olimlar kengashi” (keyingi o’rinlarda – Kengash) 35 yoshgacha bo’lgan olimlar va mutaxassislar, tayanch doktorant, doktorantlar, mustaqil-izlanuvchilardan iborat tarkibda shakllangan (keyinchalik - yosh olimlar) jamoat tashkiloti hisoblanadi.

3. Kengash barcha imkoniyatlarni qo’llagan holda yosh olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo’yicha kamol topishga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga ko’maklashadi. Yosh tadqiqotchilarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga, o’z salohiyat va imkoniyatlarini to’liq namoyon etishlarida yordamlashadi va sharoit yaratadi.

4. Kengash faoliyati yosh olimlar jamoat tashkilotining asosiy yo’nalishlari va faoliyat shaklini belgilab beruvchi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi va boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirliklarining buyruqlari, qarorlari va ko’rsatmalari hamda mazkur Nizomga asosan olib boriladi.

 

Kengash o’z faoliyatida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi huzuridagi “Yosh olimlar kengashi”ga bo’ysunadi va hisobot beradi.

1.Yosh olimlarni mamlakat ilm-fani uchun dolzarb, milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, xalqimiz ma’naviyati va madaniyatining yuksalishiga ko’maklashuvchi fundamental, amaliy va innovatsion yo’nalishlardagi ilmiy faoliyatga jalb qilish.

                  2. Yosh olimlar faoliyati orqali O’zbekiston Respublikasi fanining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar tashkil qilish va olib borishda ishtirok etish hamda ustoz-shogird tizimini shakllantirish.

                  3.Yosh olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar o’tkazishga ko’maklashish.

                  4.Yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishi natijalarini umumlashtirish va amaliyotga tadbiq etish, uning yangi shakllarini izlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tashabbuskorlik ko’rsatish.

                  5. Ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va har tomonlama yordam ko’rsatish.

                  6. Yosh olimlarning yetakchi ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalardagi xorijiy hamkasblari bilan o’rnatilgan tartibda faol xalqaro hamkorligini tashkil etish, xorijiy davlatlarning jismoniy tarbiya va sport yo’nalishidagi muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o’rnatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maktablar, anjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etish.

                  7. O’z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh olimlarni rag’batlantirish bo’yicha tavsiyalar berish.

                  8. Laboratoriyalarda tadqiqot ishlarini o’tkazishga amaliy yordam ko’rsatish.

 

III.   KENGASHNING BOSHQARUV ORGANLARI VA ULARNING VAKOLATLARI

 

1.    Kengashi tarkibi 13-15 nafardan iborat bo’lib, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

2.   Kengash raisi va kotibi universitetdagi yosh olimlardan iborat a’zolardan, jamoatchilik asosida Kengash yig’ilishida 2 yilgacha muddatga saylanadi.

3.         Kengash kamida oyda bir marta yig’iladi. Kengash qarori qatnashayotganlarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan hisoblanadi. Qaror ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovoz berish Kengash a’zolarining ishtiroki 2/3 qismidan kam bo’lmagan holda haqiqiy hisoblanadi.

4.    Kengash yig’ilishlari orasidagi davrda uning faoliyat yo’nalishiga doir tezkor masalalarni Kengash kotibiyati tarkibi (rais, uning muovinlari va kotibdan tashkil topgan) hal qiladi.

5.  Kengash raisi:

-      Kengashning rasmiy vakili hisoblanadi, o’zining vakolati doirasida Kengashning barcha ishlarini tashkil etadi va boshqaradi, kengashning bohqa tashkilotlar bilan o’zaro aloqasini amalga oshiradi, Kengash faoliyatiga taalluqli hujjatlarga imzo chekadi;

-      Kengash yig’ilishlarining o’tkazilish vaqti va kun tartibi to’g’risida qaror qabul qiladi;

-Kengash nomidan universitet yosh olimlari talab va istaklarini himoya qiladi;

-Kengash raisi kamida bir yilda qiilingan ishlar yuzasidan kengash yig’ilishida hisobot beradi;

6.   Yillik hisobot natijasiga asosan Kengash uning vakolatini to’xtatish va yangi rais saylash huquqiga ega.

7.   Rais vakolatini to’xtatish to’g’risidagi qaror yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi, agarda a’zolarning kamida uchdan bir qismi faoliyatni to’xtatish taklifi bilan chiqib, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan xollarda.

8.    Kengash raisi xizmat safari, betobligi, ta’tildaligi vaqtida uning vazifasini Kengash raisi o’rinbosari bajaradi.

9.   Yosh olimlar kengashi raisi va kotibi universitet tomonidan moddiy va ma’naviy rag’batlantiriladi.

 

IV.    KENGASH FAOLIYATI

Kengash o’zining faoliyatida:

-  Joriy yil uchun o’zining ish rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishi to’g’risidagi axborotlarni tinglaydi. Kengash tadbirlari, ilmiy anjumanlari, seminarlari rejalarini, zarur hollarda joriy yil uchun o’zining Tashkiliy qo’mitasi tarkibini tasdiqlaydi, tadbirlarga tayyorgarlik va o’tkazish jarayoni to’g’risidagi axborotlarni tinglaydi.

-             Universitet kengashiga ilmiy-tadqiqot ishida muhim yutuqlarga erishgan va ijtimoiy faol yosh olimlardan rahbar kadrlar zaxirasi bo’yicha takliflar kiritadi;

-         Yosh olimlar ilmiy ishlari tanlovini tashkil etadi va o’tkazadi;

-          O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yosh olimlar kengashi”ga yo’nalishlar bo’yicha yosh olimlarni xorijga ilmiy tajriba va malaka oshirishiga va xalkaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga yuborish to’g’risida takliflar kiritadi;

-  Kengash yig’ilishlarida xorijiy markazlar va muassasalarda stajirovka o’tagan yosh mutaxassislarning axborotini tinglaydi;

-  Yosh olimlarning eng yaxshi ishlarini taqdirlash va nashr etish bo’yicha takliflar kiritadi;

-  o’z faoliyati va universitet yosh olimlarining turli yutuqlari va erishayotgan natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni ommalashtiradi;

- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yosh olimlar kengashi” yig’ilishi hamda institut Kengashiga quyidagi masalalar bo’yicha takliflar kiritadi:

- tayanch doktorant, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh mutaxassislarning ilmiy ishlaridagi yuqori ko’rsatkichlari uchun taqdirlash to’g’risida;

- tayanch doktorant, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va boshqa yosh olimlarga moddiy yordam ko’rsatish to’g’risida;

- tayanch doktorant, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to’g’risida;

- o’quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan va dissertatsiyasini himoya qilgan yosh olimlarni ish o’rni bilan ta’minlash to’g’risida.

V.    KENGASH A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

1.       Kengash a’zosi huquqlari:

-Kengash a’zolari teng huquq va majburiyatga egadirlar va ushbu huquq va majburiyatlardan teng huquqlilik asosida foydalanadilar.

-Kengash yig’ilishida qatnashish, Kengash faoliyatiga oid asoslangan takliflarni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yosh olimlar kengashi”ga kiritish;

2.       Kengash a’zosining majburiyati:

-Kengash faoliyatiga tegishli qaror, majburiyat va topshiriqlarni o’z vaqtida sifatli bajarish;

-          Ixtiyoriy ravishda o’z zimmasiga olgan Kengash faoliyatiga taalluqli bo’lgan topshiriq va majburiyatlarni vijdonan, faol va ijodiy bajarish;

3.      Kengashga a’zolik quyidagi hollarda to’xtatiladi:

-Yosh olim universitetdan ishdan bo’shaganda;

-Kengash yig’ilishining tegishli qaroriga ko’ra;

- O’z arizasiga ko’ra;

-Yoshiga ko’ra.

VI.         KENGASH MAJBURIYATLARI

1.                  Tayanch doktorant, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va rejalashtirishda ko’maklashish, ularga ilmiy-tadqiqotni muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun tegishli sharoit yaratishda yordam ko’rsatish, ularning manfaatlarini vakolat doirasida himoya kilish.

2.          Universitet rahbariyatini tayanch doktorant, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muammolari to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish hamda ushbu muammoning yechimi to’g’risida rahbariyatga takliflar kiritish.

3.         Tayanch doktorant, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy qilish bo’yicha ularga ko’maklashish va bu borada tegishli takliflarni tayyorlash.

VII. KENGASHNING ISH TARTIBI VA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH

 

1.       Kengash o’z ishini Kengash yig’ilishida qabul qilingan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga binoan amalga oshiradi.

2.         Kengashning majlislari, yig’ilishlari va boshqa tadbirlari Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

3.          Kengash hujjatlarini rasmiylashtirishni Kengash kotibi amalga oshiradi.

4.          Qabul qilingan qarorlar bajarilishining nazorati Kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.

VIII.           KENGASH NIZOMIGA O’ZGARTIRISHLAR KIRITISH TARTIBI

Nizomga o’zgartirish va ko’shimchalar Kengash tomonidan kiritiladi va Kengash a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etgan umumiy yig’ilishda ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Umumiy yig’ilishda qatnashayotgan Kengash a’zolarining 2/3 qismi Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni yoqlab ovoz berganda Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qaror qabul qilingan hisoblanadi.

IX.         YAKUNIY HOLATLAR

Kengash faoliyatining qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining buyrug’iga muvofiq amalga oshiriladi.