??????? Elektron kutubxona Galereya
Maxsus imkoniyatlar


O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Bosh menyu
Mobil ko'rinish
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Ob-havo
Kalendar
«    May 2019    »
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

This is an example of a HTML caption with a link.

G.M.Sergeev xotira turniri


Sana: 6-11-2013, 14:32       Ko'rishlar soni: 1368

mini-futbolO'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universitetining "Futbol nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi tomonidan Universitet futbol maydonida mini futbol bo'yicha 8.11.2013 dan 14.11.2013 gacha birinchi "Futbol nazariyasi va uslubiyati" kafedra mudiri dots G.M.Sergeev xotira turniri o'tkaziladi.

Musobaqa nizomini yuklab olish [17,82 Kb]



Oltin gepard kinoforumi


Sana: 25-10-2013, 15:34       Ko'rishlar soni: 1134

III "Oltin gepard" Toshkent halqaro kinoforumidan O'zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya universiteti talabalari ham chetda qolmadi. 2 hafta davomida bo'lib o'tgan tanlovga qo'yilgan turli yo'nalishdagi animatsion, qisqametrajli, zamonaviy panorama, to'liqmetrajli, hujjati filmlarni taqdimoti bo'lib o'tdi.  



Yilning eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi Respublika ko'rik tanlovi


Sana: 23-10-2013, 14:52       Ko'rishlar soni: 1525

O'zbekiston Milliy universitetining Madaniyat saroyida “Yilning eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi” Respublika ko'rik tanlovining ikkinchi hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya universitetidan vakil bo'lib “O'zbekiston tarixi va DJQA” kafedrasi dotsenti Zohidova Sahovat Abduqodirovna qatnashdi. 



Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!


Sana: 14-10-2013, 10:59       Ko'rishlar soni: 1082

Barcha aziz yurtdoshlarimizni universitetimiz nomidan muborak qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz! Shu ulug' ayyom kunlarida barchalarimizning ezgu duolarimiz, istaklarimiz, tilaklarimizning ijobat bo'lishi, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon hayot kechirishi tilakdoshimiz. Barchaga hayit ayyomi muborak bo'lsin!

Ma'muriyat.



Toshkent Davlat Konservatoriyasida o'tkazilgan tadbir haqida


Sana: 5-10-2013, 11:50       Ko'rishlar soni: 1269

Toshkent davlat Konservatoriyasida “Talaba-qizning namunali libosi” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir, ko'rik-tanlov sifatida o'tkazildi.  Ko'rik-tanlov ishtirokchisi sifatida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan yigirma ikkinchi guruh talabasi Xo'jamova Nodiraning chiqishi kuzatildi.  



Internet tarmog'ida salbiy va yoshlar ma'naviyatiga zid bo'lgan saytlar, o'yinlar va ularning oqibatlari


Sana: 5-10-2013, 10:58       Ko'rishlar soni: 2690

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining katta tadbirlar zalida 2013 yil 4 oktyabr kuni, bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan, muhim muammoyu masalalaridan biri bo'lgan internet tarmog'i va uni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan jihatlariga bag'ishlangan  "Internet tarmog'ida salbiy va yoshlar ma'naviyatiga zid bo'lgan saytlar, o'yinlar va ularning oqibatlari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.



Ustoz va murabbiylar bayrami


Sana: 1-10-2013, 11:00       Ko'rishlar soni: 1754

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining katta majlislar zalida 2013 yil 30 sentyabr kuni “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag'ishlangan “Sizga ta'zim, aziz ustozim” mavzusida bayram yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishida insonni inson qilib kamol toptirishda, unga bilim va odamiylik, mehr-oqibat, ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuyg'ularini singdirishda, bir so'z bilan aytganda, jamiyatimizning munosib fuqarosi bo'lib hayotga kirishi va mustahkam o'rin olishda o'qituvchi va murabiyylar barcha ta'lim sohasi fidoiylarining hissasi beqiyos ekanligi haqida gapirildi.



Birinchi kurs maktabi


Sana: 11-09-2013, 13:05       Ko'rishlar soni: 4223

HURMATLI TALABALAR! Siz jismoniy tarbiya va sport sohasida insoniyat yaratgan bilim cho'qqilarini egallash sari etaklaydigan sharafli yo'lga qadam qo'ydingiz. Ayni paytda tanlagan yo'lingiz orqali mustaqil davlatimiz erishgan yutuqlarni bilish, xalqimizning ma'naviy boyliklari va o'ziga xos an'analarini o'rganib olish imkoniyatiga ega bo'ldingiz.
Ilmga chanqoq, tirishqoq, qiziquvchan talabalar! Yaqin yillar ichida sizlar o'zbekning, O'zbekistonning kelajak taqdiriga mas'ul bo'lasizlar. Buning uchun yanada katta bilim va tajribaga ega bo'lishlaringiz lozim. Bu ishda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ahil jamoasi Sizlarga ulkan parvozlar tilab qoladi.

 

O'zDJTI rektori
Sh.X.Isroilov  



Mustaqil O'zbekistonimiz 22 yoshda


Sana: 3-09-2013, 23:04       Ko'rishlar soni: 1622

Vatanimiz mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining katta majlislar zalida «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O'zbekiston!» shiori ostida tadbir o'tkazildi. Bayramni kirish so'zi bilan universitet rektori Sh.Isroilov ochib berdi. 



Baquvvat bilaklar bahsi


Sana: 30-06-2013, 16:49       Ko'rishlar soni: 1951

Toshkent viloyatining Qibray tumanida armrestling bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar, kattalar, xotin-qizlar, faxriylar va imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.

Osiyo armrestling federatsiyasi (AAF), O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Armrestling federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan chempionatda yurtimiz sportchilari bilan birga Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi o‘ndan ziyod davlatdan 350 nafarga yaqin sportchi kuch sinashdi.





2018 yil
Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha

Murojaatlar
79 ta murojaat kelib tushdi
76 ta murojaat hal qilindi
3 ta murojaat ko'rilish jarayonida
Elektron qabulxona
E-Xujjat
Foydali manbalar
So'rov
Interaktiv xizmatlarga baho bering
Juda zo'r
Yaxshi
Yomon emas