(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
O‘zDJTSUda Sambo mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi

O‘zDJTSUda Sambo mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi

Xabaringiz bor, kecha 6 iyun kuni Toshkent shahrida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi. 4-6 iyun kunlari tashkil etilgan bahslarda qitʼamizning 16 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Bugun mazkur chempionat doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sambo mutaxassislarini malakasini oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Iroq, Afg‘oniston mamlakatlaridan mutaxassislar, Xalqaro sambo federatsiya raisi (FIAS) Dmitriy Maksimov, Sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa bosh murabbiysi Raman Shakirov, universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabayev, Xalqaro kurash turlari nazaryasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuxrat Arslonov, dotsent Erlan Bayturayevlar ishtirok etdi.

https://t.me/uzdjtsu_rasmiy