(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Boks: O‘zDJTSU talabalari tengsiz

Boks: O‘zDJTSU talabalari tengsiz

Bugun Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida boks bo‘yicha “Toshkent viloyati hokimi sovrini” uchun respublika musobaqasi yakunlandi.

Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati va O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida so‘zga chiqqan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabayev joriy yilning 24-31 may kunlari Dubay shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida zafar qozongan bokschilarimizni, ularning murabbiylarini va O‘zbekiston boks federatsiyasini Osiyo chempionatidagi yana bir muvaffaqiyat bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan Boks bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.

Tantanali marosimda universitet rektori, Mahmudjon Boltabayev Marat Qurbonovga faxriy unvonni topshirdi.

Shundan so‘ng sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan turnirda jami 10 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

“Toshkent viloyati hokimi sovrini” musobaqasida sovrindor bo‘lgan bokschilar:

Oltin:

49 kg: Abdumajid Mannopov (Farg‘ona viloyati);

52 kg: Sanjar Vaxobov (Qashqadaryo viloyati);

57 kg: Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo viloyati);

60 kg: Shunqor Abdurasulov (O‘zDJTSU);

63 kg: Ruslan Abdullayev (O‘zDJTSU);

69 kg: Jahongir Rahmonov (O‘zDJTSU);

75 kg: Xavasbek Asadullayev (Andijon viloyati);

81 kg: Temur Merjanov (Toshkent viloyati);

91 kg: Jo‘rabek Toshtemirov (O‘zDJTSU);

+91 kg: Abdulla Xudorganov (Toshkent viloyati).

Kumush:

49 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev (Farg‘ona viloyati);

52 kg: Ibrohim Ishchanov (Xorazm viloyati);

57 kg: Dilshod Abduvaliyev (O‘zDJTSU);

60 kg: Aydos Tagaybayev (Toshkent viloyati);

63 kg: Ozod To‘xtayev (Toshkent viloyati);

69 kg: Halimbek Utegenov (Buxoro viloyati);

75 kg: Zokir Madiyev (Toshkent shahar);

81 kg: Shohjahon Abdullayev (ROZK);

91 kg: Abdulla Rajabov (Toshkent viloyati);

+91 kg: Shahzod Suleymanov (Toshkent shahar).

Bronza:

49 kg: Sohibjon Sodiqjonov (O‘zDJTSU);

49 kg: Abrorbek Abdusalomov (Andijon viloyati);

52 kg: Fazliddin Mamasoliyev (O‘zDJTSU);

52 kg: Samandar Yusupov (Farg‘ona viloyati);

57 kg: Mirzabek Mirzaxalilov (Farg‘ona viloyati);

57 kg: Umid Jo‘rayev (Buxoro viloyati);

60 kg: Muhriddin Baqoyev (Buxoro viloyati);

60 kg: Bekzod Turdialiyev (Namangan viloyati);

63 kg: Sardor Ashirov (Jizzax viloyati);

63 kg: Aybek Tulegenov (Qashqadaryo viloyati);

69 kg: Sherzod Xabibov (O‘zDJTSU);

69 kg: Timur Saidov (Toshkent shahar);

75 kg: Navo Tamazov (Toshkent viloyati);

75 kg: Temur Sadullayev (O‘zDJTSU);

81 kg: Furqat Shomuratov (Qoraqalpog‘iston  Respublikasi);

81 kg: Azimjon Ergashev (Namangan viloyati);

91 kg: Amirshoh Samadov (Buxoro viloyati);

91 kg: Omad Yusufjonov (Andijon viloyati);

+91 kg: Zafar Bozorov (Buxoro viloyati);

+91 kg: Shahjahon Abdullayev (Andijon viloyati).

Eng ko‘p medal O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti terma jamoasi aʼzolariga nasib etdi (4 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza). Umumiy reytingda birinchi o‘rinni egallashdi.

O‘zDJTSU matbuot xizmati