(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
O‘zDJTSUda “Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun” ochiq musobaqa boshlandi

O‘zDJTSUda “Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun” ochiq musobaqa boshlandi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning boks turi bo‘yicha  katta yoshdagi sportchilar o‘rtasida “Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun” ochiq musobaqasi boshlandi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va O‘zDJTSU terma jamoalarining 19 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 128 nafar mahoratli sportchilari ishtirok etishmoqda.

Sportchilar 49, 52, 57, 60, 63, 69, 75, 81, 91, +91kg vazn toifalarida jang olib borishadi.

Boks musobaqasi joriy yilning 5-iyun sanasigacha davom etadi.

 

O‘zDJTSU matbuot xizmati