(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Seminar-trening yakunlandi

Seminar-trening yakunlandi

24 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i V. Topildiyev ishtirokida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida universitet fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari uchun tashkil qilingan huquqiy-normativ hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini o‘z vaqtida va tizimli monitoring va nazorat qilib borish, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening yopilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda V. Topildiyev Universitetda o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, taʼlimda kredit-modul tizimini qo‘llash, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish mavzusida maʼruza qildi.

Seminar-trening qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

https://t.me/uzdjtsu_rasmiy