(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani yuqori saviyada tashkil qilindi

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani yuqori saviyada tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020-2021 o‘quv yilidagi rejasiga muvofiq, joriy yilning 24 aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida innovatsion yondashuvlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani yuqori saviyada tashkil qilindi.

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumanda respublikaning barcha viloyatlaridan 100 nafardan ortiq sport mutaxassislari, mustaqil izlanuvchilar, talabalar shuningdek, Rossiya, Belarus, Fransiya, Ukraina va boshqa xorijiy mamlakatlardan 10 dan ortiq jismoniy tarbiya va sport sohasidagi zamonamizning yetuk hamda ko‘zga ko‘ringan olimlari ishtirok etdilar.

Xalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borildi:

- oliy yutuqlar sportida innovatsion yondashuvlar;

- yoshlar sportidagi innovatsion yondashuvlar;

- taʼlim tizimida jismoniy tarbiya va sport (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va undan yuqori).

- ommaviy sport va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya sohasida innovatsion yondashuvlar

- Adaptiv jismoniy madaniyat turlarini ishlab chiqishda innovatsion yondashuvlar;

- Adaptiv sportining dolzarb muammolari;

- jismoniy tarbiya va sport tizimida inklyuziv taʼlim.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 300 dan ortiq ilmiy maqola, tezislar kelib tushdi.

O‘zDJTSU matbuot xizmati