"Balli qizlar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
3-aprel kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Bahor bilan-olam munavvar" mavzusida "Balli qizlar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlovda barcha fakultet talabalari tanishtiruv, savol-javob, erkin mavzu, pazandachilik sirlari kabi shartlar asosida o'zaro bellashishdilar.
🏵Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra:
🥇Adaptiv jismoniy tarbiya va sport sog'lomlashtirish fakulteti
🥈Yakkakurash sport turlari fakulteti
🥉Kurash fakulteti talaba qizlari g’oliblikni qo'lga kiritdi.
🎗Barcha ishtirokchi va g'olib bo'lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg'alar topshirildi