(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti «qaldirg‘och» talabalar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi «Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4311-sonli qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilinib, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab mazkur oliy ta'lim muassasasiga 6 ta sport ta'lim yo‘nalishiga 131 nafar talaba bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. Hozirda Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olishmoqda. Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori, professor Tamara Viktorovna Mixaylova hamda mazkur universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Mariya Sergeyevna Leonteva joriy yilning 1-5 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 4 oktabr kuni faxriy mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev qabul qildi. O‘zaro muloqot chog‘ida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi. Unda Tamara Mixaylova talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.Uchrashuv so‘ngida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori yoshlarga o‘qishlarida omad tilab, ularga mazkur universitet talabaligiga qabul qilinganligini bildiruvchi guvohnomalarni topshirdi.