(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

 

“Ustoz – qadri buyuk muallim!” mavzuidagi maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbir xususida

Universitetda faoliyat koʼrsatayotgan oʼz sohasining fidoyisi boʼlgan professor-oʼqituvchilar va xodimlar uchun 2019 yil 2 oktyabrь kuni “Ustoz – qadri buyuk muallim!” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Fan, sport va taʼlim muassasalarini ilmiy-metodik taʼminlash boshqarmasi boshligʼi А.Xasanov, universitet rektori M.Boltabaev, prorektorlar, fakulьtet dekanlari, kafedra mudirlari, boʼlib boshliqlari, professor-oʼqituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida universitet rektori va faxriy professorlar soʼzga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutladi. Bayram davomida taʼlim sohasining jonkuyarlari boʼlgan professor-oʼqituvchilarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Tadbir yakunidagi musiqiy guldasta ishtirokchilarga kutarinki kayfiyat ulashdi.