(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
“Sharqona qizlar odobi” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir xususida

Joriy yilning 20 sentyabr kuni universitet faollar zalida “Sharqona qizlar odobi” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassisi Nuriddinova Umida Joʼraevna, Chirchiq shahar otinoyisi Zokirova Muhabbat, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chirchiq shahar hududiy boʼlinmasi rahbari Toʼraeva Muyassar Ismoilovnalar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida talaba-qizlarga soha mutaxassislari tomonidan Sharq qizlari odobi, kiyinish madaniyati xususida tushunchalar berdi. Tadbir yakunida talaba-qizlar ham oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaatlar qilishda hamda savollaringa javob olishdi.