KURASH SPORT TURI BO‘YICHA “REKTOR KUBOGI” O`TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nifuzini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ- 4881-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kurash sport turini yanada ommalashtirish ustuvor masala qilib belgilandi.
Shu munosabat bilan, ushbu nufuzli musobaqaga universitet terma jamoasini saralab olish va universitet talabalari o‘rtasida kurash sport turini yanada ommalashtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2021- yil 23-fevral kuni universitet sport majmuasida Kurash sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O’zDJTSU matbuot xizmati