(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Universitet va maktab hamkorligi davom etmoqda

Universitet va maktab hamkorligi davom etmoqda

Joriy yilning 19 fevral kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Chirchiq shahridagi 7-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

Bugungi kunda ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad maktab bitruvchilarini universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish orqali  bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish qaratilgan.

Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dоtsent Komil Ziyodulloyev 7-maktabning 11-sinf o’quvchilariga  universitet tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to’g’risida ma’lumot berdi.

O‘quvchilarning universitetning ta’lim yo’nalishlari va jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid savollariga mutaxassislar yetarlicha javob berishdi.

O’zDJTSU matbuot xizmati