(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Abdulla Tangriyev o‘quv-amaliy seminar o’tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyatining Chirchiq shahri xalq taʼlimi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy tarbiya va sport sohasi o‘qituvchi va trenerlari uchun “Dzyudo” sport turi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda dzyudo bo'yicha jahon va Osiyo chempioni, Pekin olimpiadasining kumush medal sovrindori Abdulla Tangriev ishtirok etib, dzyudo sport turining musobaqa qoidalari bo’yicha yig’lganlarga o‘quv-amaliy seminar olib bordi.

O‘quv-amaliy semenarda faol ishtirok etgan o‘qituvchi va trenerlar sertifikat bilan taqdirlanishdi.

O'zDJTSU matbuot xizmati