(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Universitetmizda sport bayrami davom etmoqda

Bugun Voleybol-2020 bo‘yicha “O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kubogi” musobaqasining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Yarim final bahslarida g’oliblikni qo’lga kiritgan Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoalari o’rtasida ertaga soat 10:00 da final bahsi bo’lib o’tadi.

Shuningdek, 3-o‘rin uchun ertaga soat 9:30 da Rahbariyat jamosiga qarshi Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi jamoasi maydonga tushadi.  

O‘yin yakunida musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi

Qiziqarli sport musobaqalarida tomoshabin sifatida ishtirok eting hamda olam-olam zavq oling!

Universitet rasmiy kanali: 👉 https://t.me/uzdjtsu_rasmiy