(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Chirchiq shahar hokimi universitetda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni bilan tanishdi

Bugun, 12 sentyabr kuni Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurdi.

Sanjar Yusupov universitet rektori Mahmudjon Boltabayev bilan birgalikda universitetdagi kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilayotgan sport inshootlarida bo‘lib, abituriyentlar bilan suhbatlashdi, imtihonlar shaffofligi va ular uchun yaratilgan sharoitlar borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Shuningdek, hokim universitetda qurilishi rejalashtirilgan o‘quv binolari, sport zallarining loyihalari bilan tanishdi. 

 O‘zDJTSU matbuot xizmati