(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Universitet Axborot-resurs markazi yangi kitoblar bilan boyitildi

Kutubxona fondiga universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanib, nashrdan chiqan mutaxassislik fanlaridan 7 turdagi 350 ta turli tillardagi (rus, o‘zbek) kitoblar jamlanmasi olib kelindi.

Jumladan,

M.X.Mirjamalov va L.T.Davlatovaning “Sog‘lomlantirish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi:

Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”, “Sog‘lomlashtirish texnologiyasi” fani o‘quv dasturi asosida yaratilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish usullari va takomillashtirish yo‘llari, bugungi kunda inson salomatligida jismoniy tarbiyaning o‘rni va ahamiyati haqidagi masalalar ochib berilgan.

T.S.Usmanxodjayev, Z.S.Artiqov va M.M.Qirg‘izboyevlarning “Belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi” nomli o‘quv qo‘llanmasi:

O‘quv qo‘llanmada belbog‘li kurashning tarixi va rivojlanishi, belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslublarini nozik tomonlari batafsil, tushunarli va sodda tilda bayon etilgan.

A.X.Xaitovning “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi:

Mazkur o‘quv qo‘llanmada konsultativ psixologiya va psixokorreksiyaning maqsad, vazifalari, psixologik konsultatsiya va korreksiya amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy yo‘nalishlar keltirilgan.

A.Bobomurodovning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanmasi:

O‘quv qo‘llanma yosh sportchilarni jismoniy tarbiyada jismoniy layoqatini rivojlantirish yo‘llari ochib berilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya mutaxassisiga  kasb tayyorgarligini ilmiy, nazariy va amaliy materiallarini o‘zida mujassamlashtirilgan va jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida yordam beradi.

L.Z.Xolmurodovning “Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi:

Ushbu o‘quv qo‘llanmada bolalar va o‘smirlar va qizlar bilan sport mashg‘ulotlarining asosiy mazmuni, tashkiliy shakllari, o‘ziga xos xususiyatlari, ushbu jarayonning eng muhim qonun-qoidalari hamda turli xil sport turlari bo‘yicha umumiy maʼlumot berilgan.

SH.S.Mirzanov, U.R.Karimovlarning “Kurash” nomli nomli o‘quv qo‘llanmasi:

O‘quv qo‘llanmada milliy kurash turlarining paydo bo‘lishi, uning sport turlari tizimida tutgan o‘rni, tarixiy manbalari, milliy kurash turlari, atamalari, uning texnikasi hamda taktikasi, shuningdek, milliy kurashning maxsus va umumiy tayyorgarliklari, bajaruvchi mashqlar hamda kurash tushishni amalda bajarish texnologiyalari bo‘yicha maʼlumotlar berilgan.

A.YU.Chastoyedovaning “Teoriya i metodika fizicheskoy kulturi” nomli nomli o‘quv qo‘llanmasi:

Qo‘llanma jismoniy madaniyatning mohiyatini, uning shakl va vazifalarini ochib beradi.

Yuqoridagi barcha o‘quv qo‘llanmalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, pedagogika oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat taʼlim ixtisosligi talabalari, Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘qituvchi va talabalari hamda murabbiylar va sportchilar uchun mo‘ljallangan.

 O‘zDJTSU matbuot xizmati