(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Tayinlov

 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi prorektor tayinlandi.

Joriy yilning 8 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o‘rinbosari Ermatov Ravshan Sayfutdinovich hamda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan  Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov so‘nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar, xususan, mazkur universitetda amalga oshirilayotgan keng kulamdagi bunyodkorlik ishlari haqida taʼkidlab o‘tdi. Shundan so‘ng R. Ermatov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga Bayazitov Kamil Faritovich tayinlanganini o‘qib eshittirdi. Komil Bayazitov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.


Maʼlumot uchun K. Bayazitov  1979 yilda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. 2004  yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutini (hozirgi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini) tamomlagan. 2006 yilda ushbu universitetning magistratura bosqichi tugatgan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

O‘zDJTSU matbuot xizmati