(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
Universitetida 5 ta yangi taʼlim yo‘nalishi ochildi

 

Mamlakatimizda 2020/2021  o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlariga hujjatlar qabul qilish  jarayonlari davom etmoqda.

Qabul kvotalari parametrlariga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Nukus filiali bilan birgalikda jami 2056 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi.

Shundan kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Nukus filiali bilan birgalikda 1300 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha Nukus filiali bilan birgalikda 650 nafar, magistratura bosqichiga esa 106 nafar talabaga o‘qishga kirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, 2020-2021 o‘quv yili uchun universitetda ta yangi taʼlim yo‘nalishi tashkil etildi. Bular, Sport faoliyati  (shaxmat), Sport faoliyati (regbi), Sport faoliyati (karate VKF), Sport faoliyati (tog‘ chang‘isi) va Sport faoliyati (stol tennisi) yo‘nalishlaridir.

 

O`zDJTSU matbuot xizmati