(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
ABITURIYENTLAR VA OTA-ONALAR DIQQATIGA!

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

Bugungi kunda davlatimizda korrupsiyani oldini olish borasida juda ko‘p ishlar olib borilmoqda. Yoshlarning ilm dargohlariga halol va pok kirishlari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochib berildi. Afsuski, tovlamachilar va firibgarlarning dunyoqarashi o‘zgarmayapti. Ular hamon eskicha o‘y-xayollarda, qing‘ir yo‘llar bilan mo‘may daromad topish ilinjida yuribdi. Ularning tuzog‘iga ilinib qolmang!

Xalqimizda “qars ikki qo‘ldan chiqadi” degan naql bor. Farzandingizga yordam beraman desangiz, noo‘rin va pinhona xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymang! Agarda Sizga kimdir universitetda tanishim bor, shu universitetda ishlayman, o‘qishga kiritib qo‘yman desa ishonmang. Bu haqda darhol quyidagi telefon raqamlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz: (98) 125-13-26, (99) 837-79-84;

Hurmatli ota-onalar!

Keling farzandlarimizning mustaqil hayotga qo‘yadigan birinchi qadami halol va pok bo‘lishi uchun birgalikda qayg‘uraylik.

O‘zDJTSU maʼmuriyati