(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
“Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” mavzusida onlayn videoroliklar tanlovi e`lon qilindi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlab notiqlik sanʼati bo‘yicha “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” mavzusida onlayn videoroliklar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovda universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich – fakultetlar miqiyosida joriy yil 19 iyunidan 20 avgustiga qadar onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich – universitet miqiyosida fakultetlararo birinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida avgust oyining uchinchi o‘n kunligida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘z ijod namunalarini quyidagi telegram raqamlariga yuborishi lozim:

Sport o‘yinlari fakulteti talabalari –  (99) 320-42-22;

Yakkakurash sport turlari fakulteti talabalari –  (91) 190-26-86;

Ko‘pkurash sport turlari fakulteti talabalari –  (99) 835-31-52;  

Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti talabalari –  (93) 375-71-49.

Birinchi bosqich materiallari 2020 yil 20 avgustga qadar qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqich materiallari 2020 yil 1 sentyabrga qadar qabul qilinadi.

G‘oliblar 2020 yil sentyabr oyida eʼlon qilinadi.

Ishtirokchilar yuboradigan materiallar soni cheklanmagan.

Tanlovga taqdim etiladigan video materiallar universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar va magistrantlar tomonidan ona Vatanga muhabbat hamda sadoqat, vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari aks etgan va 3 daqiqadan oshmagan videoroliklar shaklida bo‘lishi lozim.

Tanlovga taqdim etiladigan videoroliklar quyidagi mezonlarda baholanadi: mavzuning mazmun-mohiyati notiqlik sanʼati meʼyorlari asosida ochib berilganligi, tanlangan mavzuning bugungi kun muammolari bilan bog‘langanligi, mavzuning mazmuni to‘laqonli ochib berilganligi, ijodiy yondashuvning mavjudligi hamda nutqning taʼsirchanligi, videorolikda o‘zbek tili boy imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini ochib berilganligi, mustaqil fikrlarni aniq bildirilganligi, mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etganligi.

Tanlov nizomi