(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI – 65 YOSHDA” NOMLI MEGATANLOV EʼLON QILADI

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 65 yoshda” nomli megatanlov eʼlon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarixi, jismoniy tarbiya va sport, ilmu maʼrifat hamda taʼlim-tarbiya sohasidagi yutuqlarni keng yoritish,  universitetda ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan fidoiy ustozlar, sportchilar, sportchi-talabalar to‘g‘risida jamoatchilikni keng tanishtirishdan iborat.


TANLOV NOMINATSIYALARI

· Eng yaxshi jurnalistik material;

· Eng yaxshi maqola.

ISHTIROK ETISH SHARTI

· Tanlov ishtirokchilari milliy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari, internet ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, radio va telekompaniyalar jurnalistlari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari bo‘lishi mumkin.

· Tanlov uchun taqdim etilgan materiallar 2020 yilning 1 iyunidan 31 avgusti oralig‘ida bosma ommaviy axborot vositalarida, axborot agentliklarining maʼlumotlar tasmasida, OAVlari, vazirliklar, oliy taʼlim muassasalarining internet saytlarida tele- yoki radio eshittirishlarda joylashtirilgan bo‘lishi lozim.

· Tanlovga faqat mualliflarning original nashrlari, tele va radio materiallari taqdim etilishi mumkin.

· O‘zbek, rus, ingliz tillaridagi materiallar qabul qilinadi.

· Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan voqea va tadbirlar to‘g‘risidagi reportajlar yoki axborot materiallari qabul qilinmaydi.

Tanlov materiallarida #UzDJTSU2020 va #UzDJTSU_65_YOSHDA  xeshteglarini ko‘rsatish lozim.

SOVG‘ALAR:

3-o‘rin g‘olibiga ‒ planshet;

2-o‘rin g‘olibiga ‒ noutbuk;

1-o‘rin g‘olibiga ‒ sport tirnajori.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020 yil 15 sentyabrgacha quyidagi e-mail manzili orqali qabul  qilinadi: uzdjtsu65yoshda@uzdjtsu.uz (xat mavzusida “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 65 yoshda” nomli megatanlovga deb ko‘rsatilishi lozim).

Tanlov natijalarini eʼlon qilish hamda g‘oliblarni taqdirlash joriy yil yakunida tanlov hayʼati aʼzolari, ishtirokchilar, ijodiy jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +998 99 804-94-47, +998 90 903-72-04

Tanlov nizomi