(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
XOTIRA MUQADDAS QADR AZIZ...

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy maʼnaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.

9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 75 yil to‘ldi. II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi. Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni eʼzozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir! Bayram muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti