(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI HAM SARDOBALIKLARGA INSONPARVARLIK YORDAMI JO‘NATDI

Xabaringiz bor, 1-may kuni tongda Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasidan suv chiqishi natijasida Sardoba tumanidagi aholi yashash punktlariga jiddiy zarar yetdi.

Xalqimiz azaldan bunday og‘ir kunlarda jipslashib, ofatlarni ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bugungi qiyin sharoitda ham xalqimizning mana shu oliyjanob fazilatlari yana-da yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, muqaddas Ramazon oyida har bir yurtdoshimiz bir-biriga mehr-muruvvatli, saxovatli bo‘lish kerakligini chuqurroq his qilmoqda.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ham tashabbus bilan chiqib, 3-may kuni Sardoba tumanida ofat oqibatlaridan jabrlangan mahalliy aholiga ro‘zg‘or buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan “Insonparvarlik yordami” jo‘natishdi. 

 

 O‘zDJTSU matbuot xizmati