(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
TALABALAR HAMDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR ISHTIROKIDA TASHKIL ETILGAN TANLOV YAKUNLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini amalga oshirish hamda Koronavirus pandemiyasi sharoitida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan tashkil etilgan tanlovlar yakuniga yetdi.

Tanlovning barcha yo‘nalishlaridagi g‘olib va sovrindorlar maʼlum bo‘ldi.

1-tanlov - “Buyuk Amir Temur yurgan yo‘ldan bir qadam” mavzusidagi esse tanlovining birinchi yo‘nalish – Amir Temur hayoti va faoliyati aks etgan 3 betdan oshmagan esse bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin – Xonto‘rayev Nodir Azim o‘g‘li 2-bosqich magistranti;

🥈 2-o‘rin – Nazarova Kumushoy Sodiqjon qizi 18-12 guruh magistranti;

🥉 3-o‘rin – Dadamatova Sitora 18-41 guruh talabasi.

Ikkinchi yo‘nalish - Amir Temur hayoti va faoliyati aks etgan slayd shaklidagi taqdimot materiallari bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin – Mirjamolova Sevara Ulug‘bekov qizi 18-62 guruh talabasi;

🥈 2-o‘rin – Xonto‘rayev Nodir Azim o‘g‘li 2-bosqich magistranti;

🥉 3-o‘rin – Atyazova Feruza Ulug‘bekovna 16-74 guruh talabasi.

2-tanlov - 5 muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha “Eng yaxshi murabbiylik metodikasi” bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin – Qayumova Charos - Yakkakurash sport turlari fakulteti 2 bosqich talabasi;

🥈 2-o‘rin – Suyundiqov Avazjon - Sport o‘yinlari fakulteti 2 bosqich talabasi;

🥉 3-o‘rin – Nazirov Nuriddin – Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti 2 bosqich talabasi.

3-tanlov - "Eng yaxshi slayd» yo‘nalishi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin – Artikov Asqar Akbarovich - “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti;

🥈 2-o‘rin – Po‘latov Sirjiddin Nuriddinovich – “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi;

🥉 3-o‘rin – Zoitova Gulnoza Miryunusovna – “Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi.

4-tanlov - "Badiiy asar bo‘yicha eng yaxshi esse» yo‘nalishi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin – Qaxxorova Shoxsanam Abduzoirovna Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi;

🥈 2-o‘rin – Nazarova Kumushoy Sodiqjon qizi – 2-bosqich magistratura talabasi;

🥉 3-o‘rin – Atyazova Feruza Ulug‘bekovna – Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti 4 bosqich talabasi.

O‘zDJTSU matbuot xizmati