??????? Elektron kutubxona Galereya
Maxsus imkoniyatlar


O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Bosh menyu
Mobil ko'rinish
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Ob-havo
Kalendar
«    May 2019    »
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
O'zDJTSU » Ma'lumotlar » O'zDJTI rektorlari

O'zDJTI rektorlari


Sana: 29-10-2013, 23:49       Ko'rishlar soni: 5566       Chop etish
Kocharov Arminak Tigranovich
1955 yildan 1958 yilgacha universitet rektori

Kocharov A.T. hukumat qarori bilan 1955 yilning 13 avgustida tashkil topgan universitetning birinchi rektori etib tayinlandi. U o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish hamda oliy jismoniy tarbiya ma'lumotiga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash ishiga katta hissa qo'shdi.
Ismoilov Rustam Ismoilovich
1958 yildan 1966 yilgacha universitet rektori

Universitetga Ismoilov R.I. rahbarlik qilgan davr mobaynida mahalliy aholi tarkibidan mutaxassislar tayyorlashni e'tiborga olgan holda universitet tuzilmasidagi bo'limlar va fakultetlarni tashkil qilish hamda takomillashtirish bo'yicha maqsadli faoliyat olib borildi.
To'raxo'jaev Hojiahmad
1967 yildan 1984 yilgacha universitet rektori

17 yil davomida universitet To'raxo'jaev H. rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning chinakam markaziga aylandi. Universitet professor-o'qituvchilari tarkibining kasbiy-pedagogik sifatlarini takomillashtirishga hamda o'quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash uchun yosh mutaxassislarni aspirantura orqali tayyorlash ishiga alohida ahamiyat berildi.
Hamroqulov Abduhamid Qodirxonovich
1985 yildan 2001 yilgacha universitet rektori

Universitetga Hamroqulov A.Q. rahbarlik qilgan davrda o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'yicha izchil faoliyat amalga oshirildi. Universitetda aspirantura, doktorantura hamda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish bo'yicha ixtisoslashgan kengash tashkil qilindi.
Qudratov Ropijon
2001 yildan 2006 yilgacha universitet rektori

Universitetga Qudratov R. rahbarlik qilayotgan davr mobaynida uning binolarini qayta qurish, auditoriyalar hamda o'quv-sport inshootlarining faoliyat ko'rsatishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi.
Akramov Jasur Anvarovich
2006-2009 yillarda universitet rektori

Professor J.A.Akramov rahbarligida jamoadagi ma'naviy muhit yaxshilandi, professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyati oshdi, ilm dargohining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Universitet Davlat Test markazi tomonidan o'tkazilgan attestasiya va akkreditasiyadan yaxshi ko'rsatkich bilan o'tdi. J.A.Akramov sa'y-harakati bilan bakalavriyaturada "Taekvando WTF", "Sport psixologiyasi" yo'nalishi, magistraturada "Adaptiv jismoniy tarbiya", "Jismoniy tarbiya va sport menejmenti" mutaxassisliklari tashkil etildi.
Qurbonov Omil Abdullayevich
2009-2012 yillarda universitet rektori

Qurbonov O.A. rahbarligida o'quv-tarbiya jarayoni tashkiliy qismlari hamda oliy jismoniy tarbiya ma'lumotiga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash ishi rivojlantirilgan.



2018 yil
Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha

Murojaatlar
79 ta murojaat kelib tushdi
76 ta murojaat hal qilindi
3 ta murojaat ko'rilish jarayonida
Elektron qabulxona
E-Xujjat
Foydali manbalar
So'rov
Interaktiv xizmatlarga baho bering
Juda zo'r
Yaxshi
Yomon emas