??????? Elektron kutubxona Galereya
Maxsus imkoniyatlar


O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Bosh menyu
Mobil ko'rinish
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Ob-havo
Kalendar
«    May 2019    »
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
O'zDJTSU » Ma'lumotlar » Xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik

Xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik


Sana: 29-10-2013, 22:07       Ko'rishlar soni: 7773       Chop etish

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashda o'zaro foydali hamkorlikni mustahkamlash, ta'lim va jismoniy mashg'ulotlarni tashkil etishning dolzarb muammolariga bag'ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida universitet bo'limlari va quyidagi chet el ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan:

Rossiya Federatsiyasi

  • P.F.Lesgaft nomli Sankt-Peterburg davlat jismoniy madaniyat universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri)
  • Sankt-Peterburg jismoniy madaniyat ilmiy-tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri)
  • Moskva davlat jismoniy madaniyat akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri)
  • Umumrossiya jismoniy madaniyat va sport ilmiy-tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri)
  • Sibir davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Omsk shahri)

Koreya Respublikasi

  • Dankuk universiteti (Koreya Respublikasi, Chanon shahri)

Ukraina Respublikasi

  • Suma davlat universiteti (Ukraina Respublikasi, Suma shahri)
  • Ukraina jismoniy tarbiya va sport milliy universiteti (Ukraina Respublikasi, Kiev shahri)
  • Ukraina jismoniy tarbiya va sport milliy universitetining ilmiy-tadqiqot universiteti (Ukraina Respublikasi, Kiev shahri)

Qozog'iston Respublikasi

  • Abay nomidagi Qozoqiston Milliy pedagogika universiteti (Qozog'iston Respublikasi, Olma-ota shahri) 
  • A.Yassaviy nomidagi Toroz MKTU universiteti (Qozoqiston Respublikasi, Toroz shahri)
  • Qozoqiston sport va turizm akademiyasi (Qozog'iston Respublikasi, Olma-ota shahri)

Tatariston Respublikasi

  • Povolj jismoniy madaniyat va sport akademiyasi (Tatariston Respublikasi, Kazan shahri)

Belorus Respublikasi

  • Belorus davlat jismoniy madaniyat universiteti (Belorus Respublikasi, Minsk shahri)

Saxa-Yakutiya Respublikasi

  • M.K.Ammosov nomidagi Shimoliy-sharqiy federal universitet (Saxa-Yakutiya Respublikasi, Yakutsk shahri)

Qirg'iziston Respublikasi

  • Qirg'iz-O'zbek universiteti (Qirg'iziston Respublikasi, O'sh shahri)

Janubiy Koreya

  • Xovon Universiteti (Janubiy Koreya, Xovon shahri)

Xitoy Xalq Respublikasi

  • Pekin jismoniy tarbiya va sport universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin shahri)

Yo'lga qo'yilgan hamkorlik shartnomalari asosida universitetning 50 dan ziyod professor-o'qituvchilari va magistrantlari jismoniy tarbiya universitetlarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan malaka oshirish kursi dasturlari negizida Ukrainaning Milliy jismoniy tarbiya va sport universitetida va P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg davlat jimoniy madaniyat, sport va salomatlik universitetlarida malaka oshirdilar va sertifikat bilan taqdirlandilar. Bir qator o'qituvchilar, magistrantlar va talabalar chet el mamlakatlarida o'tkazilgan ilmiy va sport tadbirlarida ishtirok etdilar.

Talablarning malaka oshirishi eng muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda oxirgi yillarda Taekvondo mutaxassisligidagi iqtidorli talabalardan bir qanchasi tanlovdan muvaffaqqiyatli o'tib, Dankuk Universitetiga (Janubiy Koreya) malaka oshirishga yuborildi.

Bugungi kunda Dankuk universiteti (Janubiy Koreya) loyihasi asosidagi hamkorolik shartnomasiga muvofiq taekvondo mutaxassisligi talabalariga professor Vaek Mung Jung ta'lim berib kelmoqda

Universitetda hamkorlik shartnomalari doirasida universitetning professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlari, talabalari va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassilar uchun bir qator chet el ta'lim muassasalarining professorlari (D.Rudman, AQSh; X.Tunnemann, Germaniya; M.Bulatova, Ukraina; V.Platonov, Ukraina) “master-klass” dasturlari asosida ma'ruza qildilar.

Hozirda universitetda Rossiiya, Ukraina, Qozoqiston va Turkmaniston davlatlarining fuqarolari tahsil olmoqda.

 

Telefon: (99871) 2861799

E-mail: xalqaro@uzdjti.uz




2018 yil
Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha

Murojaatlar
79 ta murojaat kelib tushdi
76 ta murojaat hal qilindi
3 ta murojaat ko'rilish jarayonida
Elektron qabulxona
E-Xujjat
Foydali manbalar
So'rov
Interaktiv xizmatlarga baho bering
Juda zo'r
Yaxshi
Yomon emas