(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

“SPORT PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIKA” KAFEDRASI

 

        Kafedra mudiri: Arziqulov Dilshod Ne`matovich Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

        e-mail: uzdjtsu-psixologiya@s-link.uz

       

 

 

“Sport psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi sifatida 1958 yili tashkil etilgan.

 

KAFEDRA TARIXI

 

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Sportni boshqarish va kasbiy fanlar” fakulteti tarkibidagi “Sport psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bazasida 1958 yili tashkil etilgan bo`lib, kafedraning birinchi rahbari A.M.Muhamedovdir. 1959 yildan 1962 yilgacha V.G.Sharov kafedrani boshqargan. 1962 yildan 1971 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.E.Lebedyanskaya “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritdi. U respublikamizda birinchi bo‘lib o‘quv jarayoniga “Sport psixologiyasi” fanini kiritdi, mazkur fan bo`yicha ta`lim berish yuzasidan metodologik asosni ishlab chiqdi, kafedraning shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. L.E.Lebedyanskayaning mehnati samarasi natijasida yuksak malakali mutaxassislar hamda murabbiy-o`qituvchilar guruhi yetishib chiqdi.  1972 yildan 1978 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.A.Yaxyarov kafedrani boshqardi. 1978 yildan 2012 yilgacha bir necha tanaffus bilan pedagogika fanlari nomzodi, professor Z.G.Gapparov, 1986-1987 va 2001-2003 yillari biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Tursunova kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritdilar. 2011- 2012 o`quv yilida psixologiya fanlari nomzodi U.D. Qodirov kafedra mudiri vazifasini bajargan.  2012 – 2013 o`quv yilidan buyon psixologiya fanlari nomzodi, dotsent D.N. Arzikulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.  Kafedra tashkil etilgan davrdan beri O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi F.N.Nasriddinov, pedagogika fanlari doktori, professor I.R.Ahmedov, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.A. Azimov, N.I. Ivanova, U.S.Temirova, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar U.D. Qodirov H.T.Mahmudova, O.E.Hayitov, o`qituvchilar Z.T. Sayitmetova, L.L. Kurishkina, T.P. Predibaylo, D.B. Vaxobova, D.R.Qudratova, D.B.Qosimova, Sh.Sh.Usmanova, G.S.Alixodjaeva, Yu.B. Rahimboeva, Z.P. Rasulov talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kafedraning tashkiliy tuzilmasini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ilg`or an`analarni davom ettirishga munosib hissa qo`shdilar.  Kafedra professor-o`qituvchilari bakalavriat bosqich talabalariga “Umumiy psixologiya”, “Psixologiya tarixi”, “Sotsial psixologiya”, “Sport psixologiyasi”, “Sport psixodiagnostikasi”,  “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya”, “Psixologiya va sport psixologiyasi”, “Ontogenez psixologiyasi”, “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi”, “Mehnat psixologiyasi”, “Oila psixologiyasi”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Etnopsixologiya”, “Kasb ta’lim metodikasi”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” kabi fanlaridan, magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga “Menejment psixologiyasi”  fani bo‘yicha ta’lim berib kelishmoqda. Shu bilan birga kafedra professor-o`qituvchilari O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta`minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tinglovchilariga ham ma`ruzalar o`qishmoqda. Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan hozirgi kungacha 500 dan ortiq darslik, monografiya, o`quv-uslubiy qo‘llanma, ilmiy maqola va tavsiya, elektron adabiyotlar yaratilgan va nashr etilgan. 

 


 

Kafedrada 2009 yili 5210200 – Psixologiya (sport) bakalavr yo`nalishi ochildi. Hozirgi kunda 117 nafar talaba mazkur yo`nalish bo`yicha ta`lim olmoqda. Kafedra tashkil bo`lgandan buyon 1 nafar o`qituvchi pedagogika fanlari bo`yicha PhD nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ayni vaqtda kafedra o`qituvchilaridan 3 nafari PhD dissertatsiyasi, 2 nafari DSc dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Turli sport federatsiyalari bilan shartnomalar tuzib, sportchilarga psixologik-pedagogik yo`nalishda maslahatlar berish, psixokorreksion, psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.

 

Bugungi kunda bakalavriat tai’lim yunalishida kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va laboratoriya, seminar hamda amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda, jumladan:

Bugungi kunda magistratura mutaxassisligiga kafedrada quyidagi fan bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlari olib borilmoqda:

Bugungi kunda sirtqi bulimdagi bakalavriat tai’lim yunalishida kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va laboratoriya, seminar hamda amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda, jumladan:

 

Kafedraning hamkorlik aloqalari

 

Magistratura va bakalavriat ta`lim yo`nalishi tashkil etilgandan buyon kafedrada yangi fanlarni o`qitish joriy etila boshlandi. Jumladan: Magistratura mutaxassisligida “Menejment psixologiyasi” fanlari o`qitilib kelinayotgan bo`lsa, bakalavriat ta`lim yo`nalishining “Sport o`yinlari”, “Yakkakurash”, “Ko`pkurash” va “Sportni boshqarish va kasbiy fanlar” fakul`tetlarida “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi”, “Psixologiya va sport psixologiyasi” fanlari o`qitilmoqda. Kafedrada olib boriladigan o`quv ish me`yoriy hujjatlari Davlat ta`lim standartlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilib borilmoqda. Kafedrada o`tilayotgan barcha fanlar bo`yicha ma`ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg`ulotlaridan o`quv materiallari mavjud bo`lib, ular OO`MTV tomonidan tasdiqlangan namunaviy va ishchi o`quv dasturlar asosida tayyorlangan. Tayyorlangan o`quv materiallarining elektron variantlari universitet kutubxonasida mavjud bo`lib, talabalar foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kafedrada shu kunga qadar 20 ga yaqin darsliklar, o`quv qo‘llanmalar va uslubiy qo`llanmalar chop etilgan va foydalanish uchun universitet ARM da mavjud.

 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan adabiyotlar:

 

Kafedra mudiri

Arzikulov Dilshod Neʼmatovich
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
99-839-29-01

O'qituvchilar

Klimenko Irina Viktorovna
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
90-186-15-08
Ishtayev Javlon Mavlonboyevich
Pedagogika buyicha (PhD) falsafa doktori
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
97-711-15-71
Usmanova Shaxlo Shavkatovna
Katta o`qituvchi
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
93-381-21-51
Haydarov Farhod Irnazarovich
Katta o`qituvchi
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
(99) 819-50-82
Xaitov Abror Uralovich
Katta o`qituvchi
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
(97) 432-09-28
Do`sanov Noryigit Ernazarovich
O`qituvchi
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
(99) 871-76-81
Yoqubova Dilafro`z Mirjabbarovna
O`qituvchi
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
(94) 424-20-80
Umarova Navbaxor Shokirovna
Katta o`qituvchi
Qabul kunlari seshanba - juma: 14:00 - 17:00
(90) 322-12-00
Karimova Vasila Mamanosirovna
Psixologiya fanlari doktori, professor
Telefon: 97-755-79-01
Zotova Elena Alekseevna
O`qituvchi
90-970-20-48
G`afforovNosir Nodiro`g‘li
O`qituvchi
Muxiddinova Umida Asomiddin qizi
O`qituvchi
97-545-62-36
Qurdoshev Bekzod Faxritdinovich
Katta o`qituvchi
90-964-56-95
Gapparov Zoxid Gapparovich
Pedagogika fanlari nomzodi, professor
98-305-19-42