Kafedra mudiri: Rajabov G`ulomjon Qurbonboyevich Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: (94) 646-01-46
E-mail: g.radjabov@uzdjtsu.uz
KAFEDRA TARIXI
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti - O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan Markaziy Osiyodagi eng yirik muassasalardan biri hisoblanadi. Dastlab Institut 1955 yil avgust oyida tashkil etilgan. 1958 yilda boks, kurash va og`ir atletika kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib kafedra mudiri lavozimiga Yu.I.Sirotkin tayinlangan.Kafedraning bitiruvchilari va o‘qituvchilari orasida ko‘pchiligi pedagogika fanlari doktori va professor ilmiy darajasiga ega: Sh.A.Abdullaev, G.B.Abdurasulov, V.Alekseenko, Sh.N.Zokirov, Z.T.Kosimbekov, A.Rafikova, I.Sadriddinov, M.I.Sidikov, F.K.Turdiev, V.N.Shin, A.A.Kodirov, R.A.Maksumov, X.I.Muxammedov, B.N.Nazarov, T.Polatov, I.Yu.Shansematov, A.S.Gelyagen, (boks), K.A. Tojieva, O.A. Zaburnyagin, L.I. Efremova, P.A. Kutelnas, V. Mixaylov, E.N. Sokolova, N.A. Fetisovalar (qilichbozlik) R.M. Sultanbekov, I.N.Dergach, (taekvondo WTF) kafedrada uzoq yillar o‘z faoliyatini olib borganlar.
Kafedraga 2008 yildan boshlab “Taekvondo WTF” mutaxassisligi qo`shilganligi munosabati bilan kafedra nomi “Boks, qilichbozlik va taekvondo nazariyasi va uslubiyati” deb nomlandi. 2017 yil Prezident qarori bilan O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga Universitet maqomi berilgandan keyin kafedra nomi “Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” deb nomlandi. Hozirgi kunda kafedrada professor-o`qituvchilari tarkibi yuqori saloxiyatga ega bo`lib, unda fan doktorlari, prof. R.D.Xalmuxamedov, prof. Pek Mung Jong, (DCs) v.v.b prof: S.S.Tajibayev hamda p.f.n. F.T.Abdullaev, katta o`qituvchilar: A.U.Ibragimov, Q.A.Umarov, D.Sh.Qalandarovlar, Sh.N.Nuritdinova, R.N.Abduxamidov, Yu.V.Serebryakov, o`qituvchilar: V.D.Anashov, Sh.Q.Karimov, Q.S.Abdullaev, B.Sh.Raxmatov, S.T.Usmonxojaev, L.K.Mamurovalar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.Kafedra Janubiy Koreya davlati hamda mustaqil davlatlar hamdo`stligi jismoniy tarbiya institutlari turdosh kafedralari bilan doimiy hamkorlik qilib keladi.Kelajakda kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida ilmiy-tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ilmiy-tadqiqot labaratoriyasini yaratish rejasi mavjud.
Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda
PROFESSOR O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR
KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI
Kafedra 2010 yilda Koreaning Don Kuk universiteti bilan memorandum tuzilgan. 8 yanvar 2019 yil O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Qazog`iston turizm va sport akademiyasi “Boks, og`ir-atletika” kafedrasi dotsenti, xalqaro toifadagi AIBA xakami Berikbol Kasimxanov bilan “Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi xamkorlikda uchrashuv bo`lib o`tdi.2018-yil 21 fevral kuni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va butun Jahon taekvondo WT sport turini qo`llab quvvatlash jamg`armasi o`rtasida tuziladigan halqaro memorandum tuzish bo`yicha uchrashuv Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bo`lib o`tdi. Universitet rektori M.R.Boltabaev mehmonlarni qutlar ekan, bugungi imzolanayotgan ikki tomonlama memorandum har ikki davlatda taekvondo WT sport turining rivojiga katta xissa qo`shishini aytib o`tdi. Shundan so`ng butun Jahon taekvondo WT sport turini qo`llab quvvatlash jamg`armasi raisi Lee Sang Wookga Universitet fahriy professori topshirildi.
PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI
Kafedrada 20,5 shtat mavjud, ulardan asosiy shtatda 1 kafedra mudiri, 2,25 nafari professor, 6 nafari katta o`qituvchi, 11 nafari o`qituvchi lavozimida faoliyat olib borishmoqda.