(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

YENGIL ATLETIKA NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI

 

     Kafedra mudiri:  Olimov Muxsinbek Sotivoldievich

     Telefon: (90) 995-37-06

     E-mail: m.olimov@uzdjtsu.uz

 

 

 

 

KAFEDRA TARIXI

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 1955 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan bo`lib, shu yili Yengil atletika kafedrasi ham tashkil topgan.Dastlab kafedra a`zolari Rossiyaning Moskva, Leningrad shaharlarining markaziy oliygohlarining yetakchi mutaxassislari, bitiruvchilari va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini yengil atletika bo`yicha tamomlagan o`qituvchilardan tarkib topgan. Ulardan – L.A.Lebedyanskaya, N.V.Barishev, A.A.Vink, V.I.Nikulenkov, L.A.Malixina, Yu.N.Puzanov, V.I.Afanasevlar kafedraning birinchi professor-o`qituvchilaridan sanaladi.

1955-1956 va 1962-1966 yillarda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy Nikolay Nikolayevich Bikov kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan. O`sha yillari kafedrada yetakchi mutaxassislardan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiylar V.I.Barishev, A.A.Vinklar faoliyat yuritgan.1956-1962 yillarda O`zbekiston Respublikasida birinchi bo`lib yengil atletika sohasida pedagogika fanlari nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan L.A.Lebedyanskaya kafedraga rahbarlik qilgan. 1959 yildan Yengil atletika kafedrasi jamoasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti bitiruvchisi Yu.N.Puzanov va O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining yengil atletika mutaxasisligi bo`yicha birinchi bitiruvchilaridan Yu.A.Krasilnikov, G.G.Arzumanov, A.V.Taranova kabi yosh mutaxassislar bilan kengaydi.O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy V.I.Barishev o`quv metodik ishlar bilan bir vaqtda trenirovka mashg`ulotlarini olib borib, uch hatlab sakrash bo`yicha Oleg Ryaxovskiyni jahon chempioni va rekordchisi sifatida dunyoga tanitdi. 1970-1974 yillar oralig`ida Yengil atletika kafedrasi mudirligiga pedagogika fanlari nomzodi X.T.Rafiyev tayinlanadi va birinchi bo`lib bo`yicha N.G.Ozolinning Yengil atletika darsligini o`zbek tiliga tarjima qiladi hamda ko`plab o`quv adabiyotlarni o`zbek tilida tayyorlab nashrdan chiqarishda jonbozlik ko`rsatadi. Uning rahbarligida kafedraning o`quv, metodik va sport ishlarida ijobiy natijalarga erishildi.1975-1986 yillarda kafedraga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent G.G.Arzumanov rahbarlik qilgan. U kafedrada 1961 yildan 2008 yilga qadar faoliyat yuritgan. Shu yillar davomida juda ko`plab XTSU, SU, SUN sportchilarni yetishtirib chiqargan.O`zbekiston Respublikasining yengil atletika terma jamoasida murabbiylik faoliyatini olib borganida sprinterlar tayyorlash muammosi bo`yicha katta ilmiy tadqiqotlar olib boradi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi hamda dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo`lgan. G.G.Arzumanov O`zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi vitse-Prezidenti lavozimida ham faoliyat olib boradi. G.G.Arzumanov Markaziy Osiyo yengil atletika hakamlari Kengashi raisi bo`lgan. U boshchiligida ya`ni bosh hakam sifatida juda ko`plab xalqaro va ichki chempionat musobaqalarini o`tkazgan. 1986 yil Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasi, 1984 yilda Butunittifoq o`quvchilar Spartakiadasida, 5 marotaba Sobiq Ittifoq final Kubogida, ko`pgina yaqin va olis xorijiy mamlakatlarida o`tkaziladigan xalqaro musobaqalarda hakamlik qilgan. 1979 yilda Yengil atletika kafedrasi 2 ga bo`linib trenerlar (yakkakurash) fakultetiga va pedagogika fakultetlariga bo`lindi. 1986-1987 yilga qadar yengil atletika kafedrasi mudiri lavozimida Yengil atletika bo`yicha Butunittifoq toifasidagi hakam L.A.Malixina faoliyat yuritgan. 1987-1999 yillarda kafedraga biologiya fanlari nomzodi, professor E.R.Andris rahbarlik qilgan. Pedagogika fakulteti yengil atletika kafedrasi mudiri lavozimiga 1979-1995 yillarda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Klara Tashkenbaevna Shokirjanova rahbarlik qiladi. Uning qo`l ostida juda ko`plab SU, SUN sportchi va ommaviy razryadli sportchilar tayyorlangan. 1996 yildan boshlab kafedralar yana birlashtiriladi. 1997-1999 yillarda kafedrani biologiya fanlari nomzodi, professor Andris Egon Robertovich rahbarlikni davom ettiradi. E.R.Andris kafedra rahbarligi bilan birga Yengil atletika Federatsiyasida kompleks ilmiy guruh rahbari sifatida ham faol ish olib boradi. U yengil atletikachilar terma jamoasida (o`smirlar va kattalar) va boshqa sport turlari bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borib sportchilarni yaxshi natijalar ko`rsatishida o`z xissasini qo`shadi. U Respublikada yuqori malakali bosqon uloqtiruvchilarni tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi. E.R.Andris kafedrada katta ilmiy-usuliy ishlar olib bordi, u tomonidan 10 dan ortiq ilmiy-usuliy qo`llanmalar chop etilgan. Uning rahbarligida A.Zub, V.Mitreykin, I.Bogdanovalar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1999-2001 yillarda kafedra mudiri lavozimiga pedagogika fanlari nomzodi, professor R.Q.Qudratov tayinlandi. R.Q.Qudratov mudirligi davrida kafedrada metodik qo`llanmalar, namunaviy dasturlar va testlar bo`yicha materiallar Davlat tilida chiqarilgan. Kafedra professor-o`qituvchilaridan T.R.Rasulova va G.G.Arzumanovlar bilan birgalikda yengil atletika va mutaxassislik bo`yicha namunaviy dasturlar, rus va o`zbek tilida va umumiy kurs bo`yicha dasturlar hamda o`quv-uslubiy qo`llanmalar tayyorlandi. 2002 yildan R.Q.Qudratov O`zDJTI rektori lavozimiga tayinlandi. 2001-2004 yillari Yengil atletika kafedrasi mudirligini katta o`qituvchi T.R.Rasulova boshqardi. U 1978-1980 yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika terma jamoasi sportchilarning mashg`ulot jarayoniga tadbiq etilgan. 2004-2008 yillarda Yengil atletika kafedrasi mudirligiga p.f.n., dotsent L.V.Smurigina kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Uning tomonidan 50 dan ortiq ilmiy ishlar qilingan,10 ta o`quv-uslubiy qo`llanma,1 ta qo`llanma,1 ta darslik va 10 dan ortiq maqolalari xorijiy jurnallarda nashrdan chiqqan. 2008 yilda yengil atletika va og`ir atletika kafedrasi birlashtiriladi. Kafedraga yosh iste`dodli olim, pedagogika fanlari nomzodi Rashid Masharipovich Matkarimov rahbarlikka tayinlandi. U 2008-2010 yillar davomida kafedrada K.F.Bayazitov, N.T.To‘xtaboev va Ye.N.Chernikovalar pedagogika fanlari nomzodi ilmiy unvoniga erishdi. 2010 yilning fevral oyidan boshlab yosh iste`dodli olim p.f.n. N.T.To`xtaboyev kafedra mudirligi lavozimiga tayinlandi. N.T.To`xtaboyev jismoniy tarbiya sohasidagi o`qituvchilarni kasb mahoratini oshirish bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanmalar muallifidir va hammualiflikda bir nechta o`quv qo`llanma va 4 ta darslikni nashrdan chiqarishda o`z xissasini qo`shdi. N.T.To`xtaboyev 2010-2013 yilar davomida Yengil atletika Federatsiyasi tomonidan o`tkazilgan yengil atletika bo`yicha musobaqalarni kafedra jamoasi bilan yuqori darajada tashkil etish va o`tkazilishida o`z xissasini qo`shdi. 2013 yil 2 sentyabrdan p.f.n., dotsent M.S.Olimov Yengil atletika, og`ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudirligiga tayinlandi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli Farmoniga muvofiq O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilishi munosabati bilan “Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb yuritila boshlandi. M.S.Olimov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan kundan boshlab hozirgi kungacha kafedrani ilmiy salohiyatini oshirish, kadrlar bilan ta`minlash masalalariga hamda zamonaviy adabiyotlar bilan ta`minlashga e`tibor qaratdi. 2019 yildan Universitetda yangi yo`nalishlar ochildi va ulardan biatlon hamda triatlon ihtisosliklari kafedraga biriktirildi.Kafedrada bugungi kunda 26.5 shtat birligi mavjud bo`lib 1 ta kafedra mudiri, 1 ta professor, 2 ta dotsent, 6 nafar katta o`qituvchi va 16,5 o`qituvchilardan tarkib topgan.Kafedrada 2013-2018 yillar davomida ixtisoslik bo`yicha 6 ta darslik, 6 ta o`quv qo`llanma 50 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanmalar tayyorlandi. Shu bilan birga 50 dan ortiq ilmiy maqolalar mahalliy va xorijiy jurnallarda nashrdan chiqarildi. M.S.Olimov rahbarligida hozirgi kungacha kafedrada 20 nafardan ortiq magistrlar tayyorlanib dolzarb mavzularda dissertatsiya ishlarini himoya qilidilar. Shuningdek, 10 nafar XTSU, 50 nafardan ziyod SU, 150 nafardan ortiq SUN va ommaviy sportchilar va pedagogik kadrlar tayyorlanib ta`lim tizimiga yetkazib berildi. Kafedra professor-o`qituvchilaridan 10 nafari esa mustaqil tadqiqotchi sifatida bugungi kunda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Yaqin kelajakda kafedra professor o`qituvchilaridan dotsentlar M.S.Olimov va L.V.Smuriginalar doktorlik dissertatsiyasi bo`yicha ish olib bormoqda. Kafedra katta o`qituvchilaridan 6 nafari T.R.Rasulova  I.D.G`aniboyev, K.F.Ruzamuxammedov, I.R.Soliev , A.M.Baratov G`.S.Xujamkeldiyevlar pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori ( PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 

BUGUNGI KUNDA BAKALAVRLARGA KAFEDRADA QUYIDAGI FANLAR BO`YICHA MA`RUZA, AMALIY VA SEMINAR MASHG`ULOTLARI OLIB BORILMOQDA:

BUGUNGI KUNDA MAGISTRLARGA KAFEDRADA QUYIDAGI FANLAR BO`YICHA MA`RUZA VA AMALIY MASHG`ULOTLAR OLIB BORILMOQDA:

PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI

Kafedra professor-o`qituvchilarining tayanch ma`lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosiga mos keladi. Kafedrada 26.5 shtat birligi mavjud bo`lib 1 ta kafedra mudiri, 1 ta professor, 2 ta dotsent, 6 nafar katta o`qituvchi va 16,5 o`qituvchilardan tarkib topgan.

KAFEDRA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI TOMONIDAN CHOP ETILGAN ADABIYOTLAR HAQIDA MA`LUMOT

KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI

 

 

Kafedra mudiri

OLIMOV MUHSINBEK SOTIBOLDIYEVICH
Kafedra mudiri, p.f.n., dotsent

O'qituvchilar

SHAKIRJANOVA KLARA TASHKENBAYEVNA
Kafedrasi professori, p.f.n.,
SMURGINA LARISA VLADIMIROVNA
Kafedra dotsenti, p.f.n.,
SOLIYEV IQRORJON ROZIQOVICH
Kafedra dotsent v.b.,
RASULOV TILLAJON RAXIMOVNA
Kafedra katta о`qituvchisi
IVANOVA-TYURINA VERA VASILEVNA Kafedra katta o’qituvchisi
Kafedra katta o’qituvchisi
Kafedra katta o’qituvchisi
G’ANIBOYEV IXTIYOR DAVLATALIYEVICH
BARATOV AKMALJON MUHAMMADJONOVICH
Kafedra katta o’qituvchisi
AQMONOV BOTIRBEK AMONBOYEVICH
Kafedra katta o’qituvchisi
MIRZATILLAYEV ISROILJON ILHOMOVICH
Kafedra о`qituvchisi
ZIYAYEV FARRUX CHORIYOROVICH
Kafedra о`qituvchisi
XO’JAMKELDIYEV G’OFUR SULTON O’G’LI
Kafedra о`qituvchisi
XOLBEKOVA DILNOZA NAZARQOSIMOVNA
Kafedra о`qituvchisi
ISMAILOVA DILNOZA TOLIBOVNA
Kafedra о`qituvchisi
INAKOV BAKHTIYOR TUXLIYEVICH
Kafedra о`qituvchisi
XOLBOYEV TURSUNBOY QORJOVOVICH
Kafedra о`qituvchisi
DAVIDOVA KADRIYA RUSHANOVNA
Kafedra о`qituvchisi
DAVLATYORIVA LAYLO BAHODIROVNA
Kafedra о`qituvchisi