Kafedra mudiri: Nurimov Rahmonberdi Igamberdiyevich Pedagogika fanlari nomzodi, professor
Telefon: (90) 805-50-49
E-mail: Nurimov@uzdjtsu.uz
1966 - yilidan boshlab O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor «Futbol nazaryasi va uslubiyati» kafedrasi tashkil etilgan.
«Futbol nazaryasi va uslubiyati » kafedrasi tarixi
Kafedra 1966 yilda tashkil topgan bo`lib, ungacha futbol mutaxassisligi «Sport o`yinlari» kafedrasi tarkibida bo`lgan. Kafedrani tashkil etishda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent G.M.Sergeev faol ishtirok etgan hamda u kafedraning birinchi mudiri sifatida 1966 yildan 1979 yilgacha faoliyat olib borgan. 1979 yildan 1987 yilgacha kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, professor R.A.Akramov boshqarib kelgan. 1987 yildan 2018 yilgacha kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, professor R.I.Nurimov boshqargan. 2018-2019 yillarda kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent SH.U.Abidov boshqargan. 2019-2020 o`quv yilidan kafedrani yana professor R.I.Nurimov boshqarmoqda. Kafedraning faoliyati davomida kafedra a`zolaridan fan doktorlari va nomzodlari, professor va dotsentlar tayyorlandi: Koshbaxtiev I.A., Akramov R.A., Sergeev G.M., Nurimov R.I., Iseev SH.T., Talipdjanov A.I., Sadikov O.B., Qurbonov O.A., Ataev O., Abidov SH.U., Yusupov N.M., Davletmurodov S.R., Artikov A.A.. Hozirgi kunda ham kafedraning bir qator a`zolari xususan, F.Mahamadjanov, O.Bekturov, A.SHermuxamedov, M.Yo`ldoshev, I.Maksumovlar PhD hamda A.Artiqov DSc doktorlik dissertatsiyalari ustida qizg`in ish olib borishmoqda. “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy” unvoniga kafedrada faoliyat yuritganlardan R.A.Akramov, A.I.Talipdjanovlar, sport ustaligiga SH.SHukurova, R.Melziddinov, O.Dachev va R.Kuryazovlar ega bo`lishgan. Kafedraning faoliyati davomida shu kungacha professor-o`qituvchilar tomonidan bir qator darsliklar, o`quv qo`llanmalar, monografiyalar, metodik uslubiy qo`llanmalar o`zbek va rus tillarida ishlab chiqilgan va nashr ettirilgan. Doimiy tarzda ilmiy maqolalar va tezislar Respublika hamda xorijiy jurnallarda chop ettirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi doimiy tarzda futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoalariga, super hamda birinchi liga jamoalariga, shuningdek bolalar va o`smirlar jamoalariga ilmiy-uslubiy yordamni ko`rsatib keladi. Kafedrada ta`lim olayotgan talabala futbolchilar qatorida O`zbekistonning turli terma jamoalari tarkibida 1994 yilda Y.Sheykin, F.Davletov, A.Fedorov, F.Magometov, U.Ruzimov, A.Tixonov, M.Qosimov, I.SHaripov, S.Lebedev, A.Ma`rufaliev, A.Durmonov, R.Durmonov, S.Atoyan, I.SHkvirin, A.Abduraimov, SH.Maqsudov hamda 2018 yilda Osiyo o`yinlari chempionligini B.Ergashev, R.Davronov, D.Tursunov, I.Kobilov, A.Otaxonov, X.Alijonov, R.Ashurmatov, A.Komilov, O.Xamrobekov, J.Sidikov, J.Yaxshiboev, D.Narzullaev, D.Masharipov, A.Turgunboev, X.Giyosov, I.Aliboev, D.Xamdamov, Z.Urinboev, B.Abduxolikov, A.Sidorov qo`lga kiritishgan. Futbol bo`yicha O`zDJTSU terma jamoasi talabalari 2004, 2007, 2010, 2013 hamda 2016 yillarda “Universiada” musobaqalarining chempionligini qo`lga kiritishgan.
Bugungi kunda bakalavriyat yo`nalishi bo`yicha kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza, seminar va amaliy mashg`ulotlari olib borilmoqda:
Bugungi kunga qadar kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 7 ta darslik va 6 ta o`quv qo`llanmalar, 50 tadan ziyod uslubiy qo`llanma va tavsiyanomalar hamda 700 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.
Professor o`qituvchilar tarkibi
Kafedra professor-o`qituvchilarining tayanch ma`lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosiga mos keladi. Kafedrada 36 shtat birligi mavjud bo`lib, ulardan: kafedra mudiri, 3 nafar frofessor, 7 nafar dotsent, 5 nafar katta o`qituvchi va 21 nafar o`qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
Professor-o`qituvchilar tomonidan nashr etilgan adabiyotlar
Kafedraning hamkorlik aloqalari