(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

VOLEYBOL, BASKETBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI

 

      Kafedra mudiri: Ashurkova Svetlana Fedorovna

     Telefon: 93) 396 72 19

     E-mail: s.ashurkova@uzdjtsu.uz

 

 

KAFEDRA TARIXI

Sport o`yinlari kafedrasiga 1955 yilda – institut tashkil etilgan vaqtda voleybol, basketbol, futbol, tennis, qo‘l to‘pi va suzish bo`yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini amalga oshirish maqsadida asos solindi. 1956-57 o`quv yilida kafedra tarkibidan suzish ixtisosligi ajralib chiqdi.1959 yilda Respublika birinchi bor o`zining 36 nafar oliy ma`lumotli mutaxassisiga ega bo`ldi: voleybol bo`yicha – 9, basketbol bo`yicha – 11, futbol bo`yicha – 15, tennis bo`yicha esa 1 nafar va bu yosh mutaxassislar keyinchalik ishlash uchun O`zbekistonning turli hududlariga taqsimlandilar. 2000 yildan kafedra “Sport va milliy o`yinlar kafedrasi” deb atala boshladi. 2018 yildan institut O`zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti maqomini olgandan so`ng kafedra “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb atala boshladi.

Institutga asos solingan kundan boshlab (1955) sport o`yinlari kafedrasining birinchi mudiri O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan trener V.X.SHnurov bo`lib, u kafedraga 1960 yilga qadar rahbarlik qildi. Turli yillarda jamoani O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan trener Keshishev G.L. (1960-1968), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan trener SHveduks V.F. (1968-1970), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan trener Itskov I.I. (1970-1972), professor Rasulev O.T. (1972-1974), dotsent Qosimov A.SH. (1974-1984), professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan trener Ayrapetyans L.R. (1984-2016), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Qdirova M.A. (2016-2018), xalqaro toifadagi sport ustasi Ashurkova S.F. (2018-hozirgi kunga qadar) boshqardilar. Kafedraning professor-o`qituvchilari tarkibi tomonidan ko`plab monografiyalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, usuliy qo`llanmalar, usuliy tavsiyanomalar, ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, nashr ettirilgan. Kafedra o‘qituvchilari, aspirantlari, mustaqil tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari tomonidan sport, o`quv va kasbiy-mehnat faoliyati amaliyotiga turli tavsiyalar tatbiq etildi.

 

Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda:

KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR

Kafedra professor-o`qituvchilarining tayanch ma`lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosligiga mos keladi.Hozirgi kunda “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati”  kafedrasida 1 ta professor, 2 ta dotsent, 1 ta fan nomzodi, 5 ta katta o`qituvchilar, 10 ta o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqdalar.  

PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGANАDABIYOTLAR

 

KAFEDRANI HAMKORLIK ALOQALARI

Kafedra mudiri

Ashurkova Svetlana Fedorovna
Kafedra mudiri
Dushanba - shanba 14:00-17:00
(93) 396 72 19

O'qituvchilar

Pulatov Azad Artikovich
Kafedra professori
Kdirova Muxabbat Allaniyazovna
Kafedrasi dotsenti, p.f.n.
Ganieva Fatima Vaxbovna
Kafedra katta о`qituvchisi
Karimov Baxtiyor Ziyovadinovich
Kafedra katta о`qituvchisi
Miradilov Botir Maxkamovich
Kafedrasi katta o`qituvchisi
Boltaev Akmal Akramovich
Teacher of the department
Xusanova Dilshoda Toxirovna
Kafedra o`qituvchisi
Toshpulatov Xasan Murodulla o`gli
Kafedra о`qituvchisi
Ibragimov Foziljon Zoxirjonovich
Kafedra о`qituvchisi
Tun`yan Ayona Andreevna
Kafedra о`qituvchisi
Pulatov Farxod Azadovich
Kafedra о`qituvchisi
Kubeysinova Ulbosin Tursunbayevna
Kafedra о`qituvchisi
Nurmatova Shaxnoza Murodulla qizi
Kafedra о`qituvchisi
Abatova Gulzar Nurlan qizi
Kafedra о`qituvchisi