(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

SUV SPORTI, ESHKAK ESHISH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI

 

   Kafedra mudiri: Matnazarov Xayrulla Yuldashovich

   Telefon: (0370) 717-17-56

   e-mail: x.matnazarov@uzdjtsu.uz

 

Suv sporti va dengiz ko`pkurashi kafedrasi 1956 yilda shu davrdagi O`zbekiston jismoniy tarbiya va sport Qo`mitasi tashabbusi bilan tashkil qilingan.

 

 

KAFEDRA TARIXI

Kafedra turli yillarda “Suv sporti va dengiz ko`pkurashi”, “Suzish va eshkak eshish”, “Suzish, eshkak eshish va sinxron suzish nazariyasi va uslubiyati” deb ham nomlangan.“Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida birinchi bo`lib V.F.Malixin (1956-1957 yillarda) kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Keyinchalik V.N.Mixaylov (1957-1960 yillar), p.f.n., dotsent L.Z.Goroxovskiy (1961-1969 yillar), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy L.A.Filko (1969-1971 yillar), b.f.n., professor A.N.Livitskiy (1972-1985 yillar), p.f.n., dotsent S.P.Konov (1986-1987 yillar), O.A.Sobirova (1987-1998 yillar), E.M.Muminov (1998-1999 yillar), F.T.Ikramov (1999-2004 yillar), professor V.M.Korbut (2004-2018 yillar), 2018 yildan X.Yu.Matnazarov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.Kafedra tashkil topgan davrda suzish, suvga sakrash va suv polosi bo`yicha mashg’ulotlar olib borildi. Keyinchalik kafedraga yangi fanlar tadbiq qilindi. 1976 yilda eshkak eshish ixtisosligi ochildi, 1990 yil dengiz ko`pkurashi ixtisosligi ochilib, 1996 yilda yopildi.

 

 

Kafedra tashkil topgandan buyon suv sporti bo`yicha 2000 dan ortiq, eshkak eshish ixtisosligi bo’yicha 600 dan ortiq mutaxassislar tayyorlandi. Hozirgi kunda kafedra tasarrufida 25 metrli yopiq, 50 metrli ochiq va yosh bolalarni suzishga o`rgatishga mo’ljallangan kichik hajmli suv havzalari mavjud. Kafedra bitiruvchilaridan 4 nafari “O`zbekistonda Xizmat ko`rsatgan sportchi” unvoniga sazovor bo`lgan. Kafedra bitiruvchisi Vadim Menkov “Fidokorona xizmatlari uchun” Ordeni bilan taqdirlangan. “Shuhrat” medali bilan kafedra bitiruvchilaridan I.Kireev, R.Navrzaliyev, S.Mirbekov, G.Kochnev taqdirlangan.

 

 

Bugungi kunda kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza, seminar va amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda:

 

 

Kafedra professor o`qituvchilari tomonidan 5 ta darslik, 40 dan ortiq o`quv qo`llanmalar, 280 dan ortiq uslubiy qo`llanmalar, 700 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI

Kafedra professor-o`qituvchilarining tayanch ma`lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosiga to`liq mos keladi.

 

PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR:

KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI

 

 

Kafedra mudiri

Matnazarov Xayrulla Yuldashovich
Kafedra mudiri
(70) 717-17-56

O'qituvchilar

Korbut Vasiliy Mixaylovich
Professor
Qabul kunlari seshanba-juma:10:00-17:00
Sadykov Akbar Gairatovich
Kafedra dotsenti, p.f.n.,
Isroilova Rano Gayratovna
Kafedra dotsenti, v.b.
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Voljin Valeriy Ivanovich
Katta o'qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Tarasov Gennadiy Ivanovich
Katta o`qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Ikramov Farxod Tursunovich
Katta o'qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Ikramov Bahrom Farhodovich
Katta o'qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Islamov Izzatilla Sunnatovich
Katta o'qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Zoitova Gulnoza Miryunusovna
Katta o'qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Geyger Aleksandr Ivanovich
Kafedra о`qituvchisi
Qabul kunlari Dushanba-Chorshanba:14:00-17:00
Axmedova Go`zal Ibragimovna
Teacher of the department
Qabul kunlari chorshanab-juma:14:00-17:00
Pirnazarov Shuxrat Abduraxmonovich
Kafedra о`qituvchisi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
(93) 396 72 19
Muminov Farrux Muxammadovich
Kafedra о`qituvchisi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
Axmedov Ilxom Ibragimovich
Kafedra о`qituvchisi
Reception days Tuesday-Friday: 14:00-17:00
Azimov Zikirillo Nasrullo oʻgʻli
Kafedra о`qituvchisi
Ishimov Baxodir Amirkulovich
Kafedra о`qituvchisi