Kafedra mudiri: Ziyadullaev Komil Shamsievich
Telefon: (93) 532-48-10
E-mail: komilz@inbox.ru
2008 yilda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshida ilk bor "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi tashkil etilgan.
KAFEDRA TARIXI
Dastlab kafedrada “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti”, “Soliq va soliqqa tortish”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Sport menejmenti”, “Sport marketingi”, “Sport iqtisodiyoti”, “Moliyaviy menejment”, “Sportda loyihalarni moliyalashtirish” fanlari bo`yicha mashg‘ulotlar olib borilgan. 2008 yilda kafedrada “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” magistratura mutaxassisligi ochilgan. Shu davrdan boshlab hozirgi kunga qadar ushbu mutaxassislikni tamomlagan 40 tadan ortiq mutaxassis kadrlar respublikamizning turli sport tashkilotlarida o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar. 2011 yilda "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi “Sport menejmenti va turizm” nomi bilan qayta tashkil etilgan. 2014 yilga kelib kafedra "Sport menejmenti va iqtisodiyot" nomini oldi. Ushbu yillarda kafedra faoliyatini Z.T.G‘ulomov, A.A.Yadgarov, F.Yuldashev, E.S.Ablaeva va N.A.Abdievlar boshqarib kelgan. 2016 yildan hozirgi kunga qadar kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent K.Sh.Ziyadullaev rahbarlik qilmoqda. Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
20 apreldagi “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909-son qarorining 25-ilovasiga muvofiq “2017-2021 yillar davrida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining rivojlanish Dasturi”ning ijrosini ta`minlash maqsadida 2018-2019 o`quv yilida “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti”, 2019-2020 o`quv yilida esa “Marketing (sport)” bakalavriat ta`lim yo‘nalishlari ochildi. 2017 yilda 5A610502 – “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” mutaxassisiligi bo`yicha magistrant Sh.Erkinov dotsent K.Sh. Ziyadullaev rahbarligida Prezident stipendiyasining sohibi bo`ldi.
Bugungi kunda bakalavriat va magistratura talabalariga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha mashg`ulotlar olib borilmoqda:
Magistratura talabalariga quyidagi fanlar o`qitiladi:
Bugungi kunga qadar kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha 2 ta darslik, 2 ta o`quv qo`llanma, 38 ta uslubiy qo`llanma va ko`rsatmalar hamda 400 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.
Professor-o`qituvchilar tarkibi
Kafedrada 13 shtat birligi mavjud bo`lib, shunga muvofiq kafedra mudiri, 3 nafar professor, 6 nafar dotsent, 4 nafar katta o`qituvchi va 8 nafar o`qituvchi faoliyat olib borishmoqda. Kafedra ilmiy salohiyati 48% ni tashkil etadi.
Professor – o`qituvchilar tomonidan nashr etilgan adabiyotlar
Kafedraning hamkorlik aloqalari
2018 yil 17 noyabrdan 24 noyabrgacha Rossiya Federatsiyasi Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi bilan hamkorlik doirasida ushbu kafedra dotsenti T.V.Mixaylenko tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida xorijiy tajribalardan samarali foydalanish” mavzusi bo`yicha ilmiy seminar tashkil etildi.
Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 7 oktyabrdan 10 oktyabrgacha Fransiya Strasburg universitetining professori, boshqarishni tashkil qilish sohasi bo`yicha fan doktori Gari Tribu tomonidan “Sport marketingi va uning asosiy qirralari” mavzusida ilmiy seminar o`tkazildi.