Kafedra mudiri: Tulaganov Shuxrat Furqatjonovich
Telefon: (94)618-07-43
E-mail: shukhrat.tulaganov@mail.ru
Kafedra tarixi
Gandbol va tennis ixtisosliklari O`zbekiston davlat jasmoniy tarbiya institutida ilk bor 1960 yil tashkil etilgan va “Sport o`yinlari” kafedrasi tarkibiga kiritilgan. Kafedrani Keshishev Grigoriy Leonovich boshqargan. Keyinchalik 1966 yilda "Futbol va qo`l to`pi" kafedrasi tashkil etildi va kafedrani p.f.n Sergeyev Genadiy Mixaylovich boshqargan. 2011 yilda “Gandbol va tennis nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi tashkil topadi. Kafedra mudiri siafatida kafedrani p.f.n. Abdalimov Odil Xamidullaevich boshqargan. 2014 yilda ushdu kafedrada badminton ixtasosligi ochilgan. 2018 “Gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi tashkil etildi va hozirgi kunda kafedrani Tulaganov Shuxrat Furqatjonovich boshqarib kelmoqda. Kafedra faoliyati chuqur nazariy bilimlarga, amaliy ko`nikma va malakaga ega bo`lgan, umumiy madaniyat va yuqori axloqiy fazilatlarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Yillar mobaynida kafedra tomonidan yuzlab mutaxassislar tayyorlandi, ularning aksariyati o‘z faoliyatida yuksak natijalarga erishdi: ulardan O‘zbekistonda ximat ko‘rsatgan murabbiylar: Abdurahmonov F.A. - 1971, Ogirenko V.S. - 1975, Kaplinsky V.V. - 1978, Golovchenko V.T. - 1979, Izaak V.I. - 1983, Konoplev V.N. - O‘zbekistonning birinchi sport ustalari: 1965 yil - F.Abduraxmanov, M.M.Jukov, M.E. Sirotenko, M.D. Magdulin, B.Pikin, A.Pantalenko, A. Didichenko, Oleynikov A., Ishimbaev N., Rahmatov N., Ishkov G.Xalqaro toifadagi birinchi hakamlar: 1972 yil - M.Jukov, M.E. Sirotenko Pedagogika fanlari nomzodi, professor, dotsentlar: Izaak V.I. p.f.n. Dotsent, Seythalilov E.A., p.f.n. professor., Rivkin A.A, Akramov J.A. p.f.n. Professor, Nabiev T.E. p.f.n. dotsent. Bizning bitiruvchilarimiz tanlagan sohada faol bo’lib, hozirgi kunda O‘zbekistonda gandbol, tennis, badminton sport turlarini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda:
Professor o`qituvchilar tarkibi
Kafedra professor-o`qituvchilarining tayanch ma`lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosiga mos keladi. Kafedrada: kafedra mudiri, 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 4 nafar katta o`qituvchi va 9 nafar o`qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
Professor-o`qituvchilar tomonidan nashr etilgan аdabiyotlar
Kafedraning bakalavriat yo‘nalishi uchun xorijiy adabiyotlari
Kafedraning hamkorlik aloqalari