(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

ADAPTIV JISMONIY TARBIYA VA SPORT KAFEDRASI

 

     Kafedra mudiri: Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich

     Telefon: (99) 400-63-50

      e-mail: mmexr@mail.uz

 

 

 

 

KAFEDRA TARIXI

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo`lgan shaxslarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni asosida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Paralimpiya sport turlari kafedrasi tashkil qilindi va 2019-2020 o`quv yilidan boshlab kafedra nomi  “Adaptiv jismoniy tarbiya va sportga o`zgartirildi. “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” kafedra tarkibida 7 nafar professor- o`qituvchi faoliyat olib bormoqda. Malakali mutaxassislar tarkibida bir nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, ikki nafar dotsent, bir nafar katta o`qituvchi va uch nafar o`qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Kafedra professor-o`qituvchilar tomonidan ”Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”, “Adaptiv va sog`lomlashtirish jismoniy tarbiya”, “Olimpiya va paralimpiya harakati tarixi”, “Adaptiv sport o`yinlari (basketbol, futbol) o`qitish metodikasi”, “Adaptiv sport pedagogik mahoratini oshirish” hamda “Adaptiv yengil atletika o`qitish metodikasi” fanlaridan nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda amaliy mashg`ulotlar ham yuqori saviyada amalga oshirilib kelinmoqda. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga katta ahamiyat berilgan bo`lib, kafedra professor o`qituvchilardan 3 nafari mustaqil ilmiy tadqiqot izlanuvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Olib borilayotgan faoliyat davomida kafedra ilmiy salohiyatini oshirish borasida Respublika mutaxasislik tashkilotlari hamda halqaro tashkilotlar bilan aloqalar o`rnatilmoqda. Kafedrada taxsil olayotgan talabalardan 16 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi va Respublika, Osiyo, Jahon hamda paralimpiya chempionlari va sovrindorlari hisoblanadi. Kafedraning yaqin kelajakdagi rejalari ilmiy laboratoriya ochish hamda ixtisoslik fanlarini ko`paytirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.

 

 

Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo‘yicha ma`ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda:

PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI

 

Kafedrada 7 shtat birligi mavjud bo`lib, ulardan: kafedra mudiri, 2 nafar dotsent, 1 nafar katta o`qituvchi va 3 nafar o`qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.

 

PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR

KAFEDRANING  HAMKORLIK ALOQALARI

 

Kafedra mudiri

Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich
pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori kafedra mudiri
Qabul kunlari Dushanba-Chorshanba:14:00-17:00
+(998) 99 400-63-50

O'qituvchilar

Svetlichnaya Nailya Kamilyevna
dotsent v.b.
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
90 189-90-17
Yunusov Sanjar Arifjanovich
Katta o'qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
90 372-37-96
Sobirova Laylo Baxromovna
Oʻqituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
+(998)935938444
Abdiyev Sherzod Abduraxmonovich
Oʻqituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
(998) 90 1119830
Davlatova Lola Tilapovna
Oʻqituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
(998) 99 407-84-30